Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 15-noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishStrelba agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Severskom napravlenii
Strelba agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Severskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 15-noyabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka posolkasi hududida UQKning 57-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita hujumni qaytardi. Kun davomida 30 nafargacha harbiy xizmatchi, bir tank va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Artilleriya jangida AQShda ishlab chiqarilgan M777 tizimi, M114 gaubitsasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 qarshi artilleriyaga iarshi radariga zarba berildi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Volchansk shahri hududida Ukraina Qurolli kuchlari 1-maxsus brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Grigorovka va Serebranka aholi punktlari hududlarida UQKning 12-maxsus kuchlari brigadasi va Milliy gvardiyaning 5-brigadasining uchta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 180 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, "Akatsiya" va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya bo‘linmalarini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari Razdolovka, Andreyevka, Klesheyevka, Nikolayevka va Kurdumovka aholi punktlari hududlarida dushman kuchlari va texnikasini mag‘lubiyatga uchratdi. UQK yo‘qotishlari 220 nafar harbiy xizmatchi, bir tank va 7 ta texnikani tashkil etdi. Bundan tashqari, artilleriya jangi paytida Fransiyada ishlab chiqarilgan "Caesar" va Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamalari, ikkita "MSTA-B" gaubitsasi, shuningdek, MT-12 to‘pi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Ugledar, Rovnopol va Chervonoe Dibrava aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 102 va 127-hududiy mudofaa brigadalari shaxsiy tarkibi va texnikasi to‘plangan hududlarga zarba berdi.
Dushmanning yo‘qotishlari 140 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta mashinani tashkil etdi. Shuningdek, artilleriya jangida M109 "Paladin" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Giatsint-S" o‘ziyurar quroli, ikkita D-20 gaubitsasi, va MT-12 to‘pini tashkil qildi.
Zaporojye yo‘nalishida Rabotino qishlog‘i yaqinida, Rossiya qo‘shinlari guruhining UQK hujumini qaytardi va 33-mexanizatsiyalashgan brigadasining ishchi kuchi va texnikasi to‘plangan pozitsiyalarga o‘t ochdi. Kun davomida 40 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta pikap va AQShda ishlab chiqarilgan M119 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida, murakkab zarbalar natijasida UQK 60 dan ortiq harbiy xizmatchi va uchta texnikani yo‘qotdi. Artilleriya jangida MSTA-B gaubitsasi, ikkita D-30 gaubitsasi va "Cobra" artilleriyaga qarshi radariga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukraina Qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini 145 ta hududda mag‘lub etdi.
Bundan tashqari, Serebranka qishlog‘i hududida S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi, shuningdek, UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasining uchta boshqaruv punkti, 31-tezkor brigadasi va Milliy gvardiyaning 50-polkiga zarba berildi
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd shahri hududida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi. Shuningdek, kun davomida AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimiining 7ta raketasini tutib oldi.
Shuningdek, Xarkov viloyatining Tokarevka, LXRning Svatovo, Kolomychixa, DXRning Vasilevka, Belogorovka, Kirilovka va Romanovske aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 30 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 535 ta samolyot, 254 ta vertolot, 8934 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 13396 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1184 ta ko‘p raketali tizimlar, 7105 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 15 273 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0