Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda ayrim xom ashyolar boj stavkasi nolga tenglashtirildi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishMednaya ruda. Illyustrativnoe foto
Mednaya ruda. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
YeOII hududida ishlab chiqarilmaydigan va kamob bo‘lgan xom glitserin hamda ferroniobiy moddalari uchun boj stavkalari nolga tushirildi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi YeOII hududiga olib kelinayotgan xom glitserin va ferroniobiy uchun import bojlarini nolga tushirdi.
"Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati tashqi iqtisodiy faoliyat uchun YeOII tovar tasnifining 1520 00 000 0-bandiga kiruvchi xom glitserin, glitserinli suv va glitserin suyuqligiga nisbatan import bojxona bojlari stavkalarini ikki yil muddatga 5 foizdan 0 foizgacha kamaytirishga qaror qildi", - deyiladi xabarda.
Bunday choralardan ko‘zlangan maqsad YeOII hududida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda sanoatning ayrim sohalarini qo‘llab-quuvatlash, deydi YeIK bojxona, tarif va tarifdan tashqari tartibga solish departamenti direktori Vagan Kazaran.
Xom glitserin YeOII hududida ishlab chiqarilmaydi. U qayta ishlanganidan so‘ng oziq-ovqat, kosmetika va farmatsevtika sanoatida qo‘llaniladi. Bu sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga, shuningdek, YeOII mamlakatlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Kazaran.
Bundan tashqari, maxsus po‘latlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ferroniobiy (kodi 7202 93 000 0 TN VED EAEU) uchun ham boj stavkasi 5% dan nolga tushirildi.
Ushbu modda, yuqori mustahkamlikka ega bo‘llgan quvur po‘lati, konstruktiv po‘lat, payvandlanadigan va sovuqqa chidamli po‘lat turlari ishlab chiqarish uchun kerakli.
Ferronioboiy issiqlikka chidamli va zanglamaydigan po‘latlarga qo‘shilganda egiluvchanlik va korroziyaga chidamliligini oshirishga yordam beradi. Konstruktiv po‘latlarga kiritilishi — ularning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydi, mustahkamlik va egiluvchanlikni oshiradi.
"Ushbu choralarni qabul qilishdan maqsad — YeOII bozorida ferroniobiy taqchilligini bartaraf etish, maxsus po‘lat ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, raqobatbardoshlikni oshirishga va mamlakatlarimiz korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga yordam beradi", — dedi Kazaran.
Yangiliklar lentasi
0