O‘zbekiston Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga bag‘ishlangan jahon sammitida ishtirok etadi

© Akimat Kizilordinskoy oblastiSolonchaki Aralskogo morya
Solonchaki Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi. Bu haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-2 dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar bo‘yicha jahon sammitida ishtirok etadi.
Tadbirda dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.
Iqlim o‘zgarishi muammosi Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqqan ekologik inqirozni boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eng o‘tkir muammolardan biriga aylanmoqda.
"Mamlakatimiz global ekologik xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tomonlama sa’y-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2023-yil 13-17 noyabr kunlari Samarqand shahrida 130 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari ishtirokida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Kelgusi yilda Samarqandda Xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi loyihasi muhokama qilinadi.
Dubay shahrida bo‘lajak SOR-28da O‘zbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati tomonidan SOR-28 raisi sifatida ilgari surilayotgan muhim tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0