Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan "Yangi nafas" yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

© Sputnik / Abdubakir YunusovMassoviy zabeg "Yangi Nafas". Arxivnoe foto
Massoviy zabeg Yangi Nafas. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqa respublikaning 16 ta shahri bo‘ylab o‘tkaziladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan joriy yil 19-noyabr kuni "Yangi nafas" yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa respublikaning 16 ta shahri bo‘ylab o‘tkaziladi. Toshkent shahrida yugurish masofasi 3 va 10 kilometrni tashkil etadi.
Tadbir tashkilotchilari: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shahar hokimliklari va boshqa qator tashkilot va idoralar.
Ishtirokchilar Toshkent, Nurafshon, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qorovulbozor, Qarshi, Xiva, Nukus kabi shaharlarning markaziy ko‘chalaridan Davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib olib o‘tishadi.
Toshkent shahrida yugurish masofasining start va finish qismlari Humo Arena sport majmuasi oldida joylashadi. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning nishonlanishiga xorijlik sportchi va yugurish ixlosmandlari qo‘shilishlari mumkin.
Tadbirda ishtirok etishni xohlovchilar ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin: (+998) 95−142−01−84.
Yangiliklar lentasi
0