https://oz.sputniknews.uz/20231110/ukraina-aqsh-tufayli-rossiya-bilan-tinchlik-shartnomasini-imzolamagan--orban-40910635.html
Ukraina AQSh tufayli Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolamagan – Orban
Ukraina AQSh tufayli Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolamagan – Orban
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya 2022-yilning mart oyida Ukrainaning Istanbulda Rossiya bilan tinchlik shartnomasi loyihasini AQSh buyrug‘i bilan imzolamaganini biladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida ma’lum qildi. “Biz turli hisobotlar va razvedka manbalaridan bilamizki, haqiqatan ham 2022-yilda yopiq muzokaralar bo‘lib o‘tgan Istanbulda ukrainaliklar AQSh ko‘rsatmasi bilan imzo chekmagan kelishuv bo‘lgan” — dedi Orban.
2023-11-10T18:26+0500
2023-11-10T18:26+0500
2023-11-10T18:26+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
rossiya
aqsh
viktor orban
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40907192_0:241:1601:1141_1920x0_80_0_0_ad963510b165bcd95681b75ee94aaac5.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Vengriya 2022-yilning mart oyida Ukrainaning Istanbulda Rossiya bilan tinchlik shartnomasi loyihasini AQSh buyrug‘i bilan imzolamaganini biladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida ma’lum qildi.Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shroder ilgari aytgan so‘zlar”ini diplomatik hamjamiyat yaxshi biladi, ya’ni Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi Vashington bosimi tufayli amalga oshmagan.Germaniya rasmiylari buni rasman tasdiqlamagan.Moskva sulhga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni qonun darajasida taqiqlagan.Avvalroq Kreml Ukrainadagi vaziyatning tinch yo‘nalishda hal bo‘lishi uchun hozirda hech qanday shart-sharoit yo‘qligini, endi faqat harbiy yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maxsus operatsiya maqsadlariga erishish Rossiya rahbariyati uchun mutlaq ustuvor vazifa sifatida ko‘rilayotganini ta’kidlagan edi.Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “de-fakto vaziyat va yangi voqelikni hisobga olgan holda Moskvaning barcha talablari hammaga ma’lum” vaziyat tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin.Keyinroq Vladimir Putin agar Ukraina muzokara jarayonini istasa, “ko‘r-ko‘rona imo-ishoralari kerak emas”, muzokaralarni taqiqlovchi farmonni bekor qilish kerakligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qarshi bo‘lmagan, bunda o‘zi uchun xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20231110/ukraina-evropa-ittifoqi-40894780.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0a/40907192_0:0:1601:1200_1920x0_80_0_0_1952814f60c2870a5b50fbced2a26998.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ukraina muzokaralar tinchlik shartnomasi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya ukraina muzokaralar tinchlik shartnomasi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina AQSh tufayli Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolamagan – Orban
Vengriya bosh vaziri “Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shroder ilgari aytgan so‘zlar”ini diplomatik hamjamiyat yaxshi bilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Vengriya 2022-yilning mart oyida Ukrainaning Istanbulda Rossiya bilan tinchlik shartnomasi loyihasini AQSh buyrug‘i bilan imzolamaganini biladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban “Kossuth” radiosi efirida ma’lum qildi.
“Biz turli hisobotlar va razvedka manbalaridan bilamizki, haqiqatan ham 2022-yilda yopiq muzokaralar bo‘lib o‘tgan Istanbulda ukrainaliklar AQSh ko‘rsatmasi bilan imzo chekmagan kelishuv bo‘lgan” — dedi Orban. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, “Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shroder ilgari aytgan so‘zlar”ini diplomatik hamjamiyat yaxshi biladi, ya’ni Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi Vashington bosimi tufayli amalga oshmagan.
Germaniya rasmiylari buni rasman tasdiqlamagan.
Moskva sulhga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni qonun darajasida taqiqlagan.
Avvalroq Kreml Ukrainadagi vaziyatning tinch yo‘nalishda hal bo‘lishi uchun hozirda hech qanday shart-sharoit yo‘qligini, endi faqat harbiy yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan maxsus operatsiya maqsadlariga erishish Rossiya rahbariyati uchun mutlaq ustuvor vazifa sifatida ko‘rilayotganini ta’kidlagan edi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “de-fakto vaziyat va yangi voqelikni hisobga olgan holda Moskvaning barcha talablari hammaga ma’lum” vaziyat tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin.
Keyinroq Vladimir Putin agar Ukraina muzokara jarayonini istasa, “ko‘r-ko‘rona imo-ishoralari kerak emas”, muzokaralarni taqiqlovchi farmonni bekor qilish kerakligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qarshi bo‘lmagan, bunda o‘zi uchun xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak.