O‘zbekistonlik taekvondochilar Iordaniyada shohsupaga ko‘tarildi

© NOKSbornaya Uzbekistana po taekvondo WT uspeshno startovala na krupnom turnire za Kubok Prezidenta Vsemirnoy federatsii taekvondo
Sbornaya Uzbekistana po taekvondo WT uspeshno startovala na krupnom turnire za Kubok Prezidenta Vsemirnoy federatsii taekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2023
Obuna bo‘lish
Birinchi kun doirasida bahs olib borgan 3 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi shohsupaga ko‘tarildi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Iordaniyada Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasi start oldi. Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Birinchi kun doirasida bahs olib borgan 3 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi shohsupaga ko‘tarildi. Jasur Jaysunov (-74 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali sohibasiga aylandi.
Bugun ham kattalar o‘rtasidagi bahslar davom etadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Shuhrat Salayev (-80 kg) hamda Svetlana Osipova (+73 kg) dayanga chiqishadi.
Yangiliklar lentasi
0