O‘zbekistonga Arxangelsk viloyati biznes delegatsiyasi keladi

© Torgovoe predstavitelstvo Rossii v UzbekistaneDelegatsiya Arxangelskoy oblasti vo glave s Gubernatorom regiona posetit Uzbekistan
Delegatsiya Arxangelskoy oblasti vo glave s Gubernatorom regiona posetit Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2023
Obuna bo‘lish
Delegatsiya tarkibiga yigirmadan ortiq turli ixtisoslikdagi korxonalar kiradi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Joriy yil 15-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi.
Delegatsiya tarkibiga yigirmadan ortiq turli ixtisoslikdagi korxonalar kiradi.
“Viloyatda IT, yog‘ochni qayta ishlash, yengil sanoat, olmos qazib olish va metall buyumlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etadi va o‘zbekistonlik salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi”, — deyiladi xabarda.
Uch kunlik tashrif doirasida 17-noyabr kuni Arxangelsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0