https://oz.sputniknews.uz/20231107/ozbekiston-20-mingdan-ortiq-xodim-kasb-kasallik-tibbiy-korik-40744600.html
O‘zbekistonda 20 mingdan ortiq xodim kasb kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘zbekistonda 20 mingdan ortiq xodim kasb kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Tibbiy ko‘riklar asosida 9800 ta ishchi-xodimga ishga yaroqlilik ekspertiza xulosalari berildi. 07.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-07T11:53+0500
2023-11-07T11:53+0500
2023-11-07T12:51+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ish
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/07/25109710_0:0:3099:1743_1920x0_80_0_0_15ec5ca0f8ebbd371625d60874c4dc81.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 20 000 dan ortiq xodimlar davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu xaqida Sanepidqo‘mita matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi. Zararli va havfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy ishlab chiqarish korxonalarining ishchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.So‘ngi bir yildagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xulosalari asosida:Respublikada kasb kasalliklarini oldini olish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda: Tibbiy ko‘rik jarayonlarida Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Chirchiq shaxridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi, Sherobod sement zavodi, Bektemir metall zavodi, Toshkent metall zavodi, Logistika xizmati tashkilotlari, OOO AKFA FOOD va boshqa tashkilotlarning xodimlari qatnashgan.Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi. Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika bo‘lib, 100 o‘ringa ega. Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/07/25109710_368:0:3099:2048_1920x0_80_0_0_ad078df3a972a3c7049f67ed2e621a11.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ish, kasallik
jamiyat, o‘zbekiston, ish, kasallik
O‘zbekistonda 20 mingdan ortiq xodim kasb kasalliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
11:53 07.11.2023 (yangilandi: 12:51 07.11.2023) Tibbiy ko‘riklar asosida 9800 ta ishchi-xodimga ishga yaroqlilik ekspertiza xulosalari berildi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan 20 000 dan ortiq xodimlar davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu xaqida Sanepidqo‘mita matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Zararli va havfli omillar ta’sirida faoliyat olib borgan 80 dan ortiq asosiy ishlab chiqarish korxonalarining ishchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
So‘ngi bir yildagi o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar xulosalari asosida:
9800 ta ishchi-xodimga (98%) ishga yaroqlilik ekspertiza hulosalari berildi;
42% tekshirilganlarga zarur davolash va sog‘lomlashtirish tadbirlari rejalashtirildi;
2% statsionar, 4% sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yuborish, 4116 ta ishchiga shifokor nazoratida bo‘lish, 290 ta ishchiga sog‘lig‘i xolatiga ko‘ra yengil yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Respublikada kasb kasalliklarini oldini olish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda:
mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash;
tibbiy profilaktik yordam ko‘rsatish.
Tibbiy ko‘rik jarayonlarida Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tomonidan “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli, Chodak kon boshqarmasi, Xondiza kon boshqarmasi, Chirchiq shaxridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi, Sherobod sement zavodi, Bektemir metall zavodi, Toshkent metall zavodi, Logistika xizmati tashkilotlari, OOO AKFA FOOD va boshqa tashkilotlarning xodimlari qatnashgan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kasb kasalligi tasdiqlangan bemorlar Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida dispanser nazoratida turadi.
"Ular davlat tomonidan himoyalangan bemorlar guruhiga kiradi va klinikada har yili bepul davolanish, tekshirish va reabilitatsiya huquqiga ega", — deya qo‘shimcha qildi Saidova.
Kasb kasalliklari klinikasi respublikadagi yagona ixtisoslashtirilgan klinika bo‘lib, 100 o‘ringa ega. Unda har yili respublikaning barcha hududlaridan 3 mingdan ortiq bemor davolanish va reabilitatsiyadan, 33 mingdan ortiq bemor esa ambulator sharoitida tekshiruvdan o‘tkaziladi.