"Aeroflot" Moskvadan Urganchga muntazam reyslarni qayta tiklaydi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tish"Aeroflot"ning Airbus A320 samolyoti.
Aeroflotning Airbus A320 samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2023
Obuna bo‘lish
"Aeroflot" 15-dekabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportidan Urganchga muntazam parvozlarni qayta tiklaydi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi Moskvadan Urganchga muntazam reyslarni qayta tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroflot 15-dekabrdan boshlab Sheremetyevo aeroportidan Urganchga muntazam parvozlarni tiklaydi. Chipta sotuvi boshlangan.
Qishki mavsumiy jadvalda aviakompaniya Moskva - Urganch - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga to‘rtta reysni amalga oshirishni rejalashtirgan.
“Parvozlar dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Urganch "Aeroflot"ning Moskvadan doimiy reyslarni amalga oshiruvchi beshinchi shaharga aylandi. Aviatashuvchi Sheremetyevo aeroportidan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onaga parvoz qilmoqda.
Samolet aviakompanii Red Wings. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2023
Rossiya aviakompaniyasi Toshkent va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda
Yangiliklar lentasi
0