Toshkentda IHTning navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi — unda qanday masalalar ko‘rib chiqiladi?

© Sputnik / Aktan TemirkanovSkver Amira Temura.
Skver Amira Temura. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Toshkent shahrida 8-9 noyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit dasturi doirasida O‘zbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. O‘zbekiston 1992-yildan boshlab IHT a’zosidir.
Toshkent avtomobil yo‘llari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2023
Sammit munosabati bilan Toshkentdagi bir qator markaziy ko‘chalar yopiladi — xarita
Yangiliklar lentasi
0