Toshkentda ro‘y bergan yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

© Sputnik/Abdubakir YunusovPojar na sinteponovom zavode v Tashkente.
Pojar na sinteponovom zavode v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2023
Obuna bo‘lish
Yashnobod tumanidagi yong‘inni o‘chirishga ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahri Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 3-noyabr kuni, soat 10:40 da Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on 3-berk ko‘chasi 163-uyda joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa ro‘y bergan hududga soat 10:45 da yetib borgan. Soat 11:24 da yong‘in qurshab olingan va soat 11:54 batamom o‘chirilgan.
“Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmadi”, - deyilgan xabarda.
Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0