Tor-M1 dushman dronlarini qanday yo‘q qilmoqda — video
Tor-M1 dushman dronlarini qanday yo‘q qilmoqda — video
Sputnik O‘zbekiston
"Tor-M1" zenit-raketa majmuasi Krasniy Liman yo‘nalishida so‘nggi bir necha oy davomida dushmanning 200 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi. 01.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1 noya – Sputnik. "Tor-M1" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi ekipajlari maxsus operatsiya zonasida kamikadze dronlarning hujumini qaytardi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrugiga qarashli "Tor-M1" zenit-raketa majmuasi Krasniy Liman yo‘nalishida so‘nggi bir necha oy davomida Rossiya qo‘shinlarini havo hujumidan mudofaa qilish jarayonida dushmanning 200 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qilgan. Yo‘q qilingan dronlar orasida "Leleka", "Furiya", "Migun" kabi turli xil razvedka va hujumchi va kamikadze dronlar bor, dedi jurnalistlarga chaqiruv belgisi "Minus" bo‘lgan harbiy xizmatchi.
"Tor-M1" zenit-raketa majmuasi Krasniy Liman yo‘nalishida so‘nggi bir necha oy davomida dushmanning 200 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi.
TOShKENT, 1 noya – Sputnik. "Tor-M1" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi ekipajlari maxsus operatsiya zonasida kamikadze dronlarning hujumini qaytardi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan.
“Tor-M1 zenit-raketa majmuasi ekipaji jangovar navbatchilik paytida dushmanning uchuvchisiz apparatlari hujumini aniqladi. Qo‘shinlar pozitsiyalari va qo‘mondonlik punktlarini himoya qilish uchun ZRM ekipaji dushman kamikadze dronini 300 millimetrli boshqariluvchi zenit raketalari bilan yo‘q qilishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrugiga qarashli "Tor-M1" zenit-raketa majmuasi Krasniy Liman yo‘nalishida so‘nggi bir necha oy davomida Rossiya qo‘shinlarini havo hujumidan mudofaa qilish jarayonida dushmanning 200 dan ortiq uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qilgan.
Yo‘q qilingan dronlar orasida "Leleka", "Furiya", "Migun" kabi turli xil razvedka va hujumchi va kamikadze dronlar bor, dedi jurnalistlarga chaqiruv belgisi "Minus" bo‘lgan harbiy xizmatchi.
Tor-M1 — zenit raketa majmuasi
Tor-M1 — samolyot, vertolot, uchuvchisiz apparatlar, raketa va boshqa o‘rta, past va o‘ta past balandliklarda va murakkab havo sharoitlarida uchuvchi aerodinamik nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi.
Tor-M1ning taktik-texnik xususiyatlari
Jangovar mashina og‘irligi — 37 tonna, ekipaji — 4 kishi. Maksimal tezligi — 65 km/soat, yurish uzoqligi — 500 km. Jangga shay bo‘lish vaqti — 3 daqiqa.
Zarba berish uzoqligi — 1,5-12 km, balandligi 0,1-6 kmni tashkil qiladi. Raketalar soni — 8 ta. Raketa jangovar kallagi og‘irligi — 15kg.