https://oz.sputniknews.uz/20231101/shaharlar-ichimlik-oqova-suv-taminot-xususiy-sektor-40545475.html
Ayrim shaharlardagi ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi
Ayrim shaharlardagi ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta’minlanadi.
2023-11-01T09:39+0500
2023-11-01T09:39+0500
2023-11-01T11:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
suv
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/14/38044864_0:272:3065:1996_1920x0_80_0_0_f52e1a42faa118332fb12e154266123f.jpg
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatidagi ayrim shaharlarda 2024-yildan boshlab ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ–343 sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.Shuningdek, “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi. 2024-yil 1-aprelgacha:2024 yil 1-yanvardan ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to‘liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o‘rnatiladi.2024–2026 yillarda:Qolaversa, 792 090 nafar iste’molchi ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta’minlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/14/38044864_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_34a39bee3ec7581134f3e6f2d8558018.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ichimlik suv ta’minoti oqova suv ta’minoti xususiy sektor
ichimlik suv ta’minoti oqova suv ta’minoti xususiy sektor
Ayrim shaharlardagi ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi
09:39 01.11.2023 (yangilandi: 11:52 01.11.2023) Ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Buxoro, Sirdaryo va Toshkent viloyatidagi ayrim shaharlarda 2024-yildan boshlab ichimlik va oqova suv ta’minoti xususiy sektorga beriladi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan
PQ–343 sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.
Shuningdek, “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi.
hududiy magistral suv ta’minoti tashkilotlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari.
2024 yil 1-yanvardan ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to‘liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o‘rnatiladi.
ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta’minlanadi;
124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo‘jaligigacha yetkaziladi;
130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.
Qolaversa, 792 090 nafar iste’molchi ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta’minlanadi.