Jamoat joylarida yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilandi

© AFP 2023 / ALEXANDER SCHIPPERS / ANP Jenshina v xidjabe s mujchinoy, arxivnoe foto
Jenshina v xidjabe s mujchinoy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish 4 mln 950 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonda jamoat joylarida yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilandi. Prezident 31-oktabr kuni imzolagan qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoat joylarida yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkinligi xabar qilingan edi. Deputatlar bu jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0