O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi
O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. .“Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023” doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "Gazprom" AJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.“Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023” doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "Gazprom" AJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, joriy yilning oktabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi.O‘zbekiston iste’molchilarini energiya bilan barqaror ta’minlashda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish alohida o‘rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.Uchrashuvda Jo‘rabek Mirzamahmudov va Aleksey Miller energetika kompleksidagi hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradilar.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Gazprom” bilan uzoq muddatli gaz xaridi bo‘yicha muzokaralar boshlagani xabar qilingan edi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradilar.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bo‘yicha strategik memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi – 2023” doirasida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va "Gazprom" AJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar hamkorlikning borishi hamda istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Xususan, joriy yilning oktabr oyida boshlangan Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston iste’molchilarini energiya bilan barqaror ta’minlashda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimi asosidagi maxsus ajratilgan yo‘nalish alohida o‘rin tutishi, bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda Jo‘rabek Mirzamahmudov va Aleksey Miller energetika kompleksidagi hamkorlik bo‘yicha strategik memorandumni imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, tomonlar gaz ta’minoti hamda tashish sohasida, shuningdek, uglevodorodlarni geologiya-qidiruv va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantiradilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Gazprom” bilan uzoq muddatli gaz xaridi bo‘yicha muzokaralar boshlagani xabar qilingan edi.
Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish
2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.
2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.
16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”imzolangan edi.
Sentabr oyining oxirida O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda infratuzilma Rossiya gazini 1-oktabrdan qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligima’lumotlarigako‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 3 milliard kubometrni tashkil etadi va bu kelajakda oshirilishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga "Markaziy Osiyo — Sentr" gaz quvuri orqali yetkazib berish loyihasi eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida 1960-yillarda qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan gaz infratuzilmasidan revers usulida foydalaniladi.