Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan davrda yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun qator yangi maydonlar tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi.
Uchrashuvda TDT doirasida savdo, “yashil” iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport va logistika, turizm, ekologiya, yoshlarga oid siyosat, turkiy xalqlarning madaniy va tarixiy merosini ommalashtirish sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostana shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) yubiley X sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda tashkilotga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya rahbarlari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0