https://oz.sputniknews.uz/20231030/toshkent-xalqaro-hunarmandchilik-yarmarka-40452418.html
Toshkentda xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi — manzil va sana
Toshkentda xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi — manzil va sana
Sputnik O‘zbekiston
Yarmarka 15–17 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilionida bo‘lib o‘tadi.
2023-10-30T10:15+0500
2023-10-30T10:15+0500
2023-10-30T16:31+0500
madaniyat
o‘zbekiston
toshkent
hunarmandlar
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34929103_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d71ae32f405c84df351d782480bf5666.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Toshkentda "Craft fair Uzbekistan 2023" II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Hunarmand" uyushmasi xabar berdi. Yarmarka 15–17 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” 3-pavilonida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatura mahsulotlari namoyish etiladi. Yarmarkada hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlari ham tashkil etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34929103_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e5125d901bf900e22c8ee7a991f3ea5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yarmarka “o‘zekspomarkaz” pavilion toshkent xalqaro hunarmandchilik yarmarka
yarmarka “o‘zekspomarkaz” pavilion toshkent xalqaro hunarmandchilik yarmarka
Toshkentda xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi — manzil va sana
10:15 30.10.2023 (yangilandi: 16:31 30.10.2023) Yarmarka 15–17 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilionida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Toshkentda "Craft fair Uzbekistan 2023" II Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "Hunarmand" uyushmasi
xabar berdi. Yarmarka 15–17 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” 3-pavilonida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatura mahsulotlari namoyish etiladi.
“Yarmarkada 200 nafar mahalliy, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Afg‘oniston kabi davlatlardan 40 nafar xorijiy hunarmand ishtirok etishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yarmarkada hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlari ham tashkil etiladi.