Hafta davomida qanday ob-havo bo‘ladi

© Sputnik/Zafar XalilovYarkie kraski oseni v Tashkentskom botanicheskom sadu.
Yarkie kraski oseni v Tashkentskom botanicheskom sadu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Ertaga mamlakat hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Hafta davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida oktabr oyi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi. Kunning o‘rtasiga kelib havo +27...+30 darajagacha, janubda +32 darajagacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati +17...+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga mamlakat hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +17...+22 darajagacha pasayadi.
1 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari +3...+8 darajagacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabr kundari +17...+22 daraja bo‘ladi. 3-noyabr kuni harorat biroz ko‘tariladi va +19...24 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27...+29 daraja bo‘ladi.
31 oktabr kuni havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +17...+19 darajagacha pasayadi.
1-2 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari +5...+8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari +17...+20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0