https://oz.sputniknews.uz/20231028/zavqiy-biografiya-40434485.html
Zavqiy — biografiya
Zavqiy — biografiya
Sputnik O‘zbekiston
U 1853-yilda Qo‘qonda kosib-mahsido‘z oilasida tug‘ilgan. Shoirning ismi-sharifi Ubaydulla usta Solih o‘g‘li bo‘lib, “Zavqiy” adabiy taxallusidir. Ilk xat-savodini eski maktabda chiqarib, tog‘asi Muhammad Siddiqning yordami bilan madrasaga o‘qishga kiradi. Madrasada o‘qish bilan birgalikda kosiblik qilib oilasiga qarashadi. Zavqiy Birinchi Jahon urushi yillarida davr fojialarini aks ettiruvchi “Qahatlik”, “Kajdor zamona” va kelajak orzulari bilan to‘lib-toshgan “Ajab ermas” she’rlarini yozadi. Zavqiy lirik shoir sifatida “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ko‘zing”, “Aylab keling”, “Men kimga dey” kabi go‘zal g‘azallarni yaratgan. Uning, ayniqsa, “Yuzingni ko‘rsatib avval, o‘zingga bandalar qilding” misrasi bilan boshlanadigan muxammasi mumtoz qo‘shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan bo‘lib, xonandalarimizning doimiy repertuarlari qatorida yangrab keladi.
2023-10-28T21:02+0500
2023-10-28T21:02+0500
2023-10-30T16:58+0500
biografiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1c/40434178_0:55:200:168_1920x0_80_0_0_c1ea8047b0c17d1b61e674ee06d61a1e.jpg
Tarjimai holiU 1853-yilda Qo‘qonda kosib-mahsido‘z oilasida tug‘ilgan. Shoirning ismi-sharifi Ubaydulla usta Solih o‘g‘li bo‘lib, “Zavqiy” adabiy taxallusidir. Ilk xat-savodini eski maktabda chiqarib, tog‘asi Muhammad Siddiqning yordami bilan madrasaga o‘qishga kiradi. Madrasada o‘qish bilan birgalikda kosiblik qilib oilasiga qarashadi. Uning “Madrasai oliya”dagi hujrasi peshtoqiga Muqimiy dastxati bilan: Bu –Ubaydullohning koshonasi,Usta Solih o‘g‘li do‘konxonasi!Ey, birodari ahli tamiz,Eski mahsiyu kavush tikamiz,deb yozib qo‘yilganini naql qiladilar.Zavqiy 1880-yillarda Qo‘qon poyabzal rastasi pudratchisi Mo‘minshoh mahkamasiga ish yurituvchisi sifatida ishga kiradi. Shu yillar davomida boshiga og‘ir musibatlar tushadi, otasi, so‘ngra ikki ukasi olamdan o‘tadi. Turmush o‘rtog‘i kasallanib, ikki ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi. Shu ko‘rguliklardan so‘ng shoir 1900-yilda haj safariga otlanadi. Uch yil Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Arabistonga sayohat qilib, u yerlardan turli taassurotlar, yangi fikr-qarashlar bilan Qo‘qonga qaytadi.Zavqiy 1921-yilda Qo‘qonda vafot etgan.Ijodi va faoliyatiTabiatan hozirjavob, mutoyibaga o‘chlik shoir ijodida hajv janrining kuchayishiga olib keladi. Va bu uning boshiga katta tashvishlar keltiradi. Masalan, 1905-1906 yillarda yozilgan 47 baytlik “Ahli rasta hajvi” she’rida 46 kishi nomma-nom tilga olinib, ularning har birining fe’l-atvori keskin satrlarda tasvirlanadi. Bu ham yetmaganidek, uni katta qog‘ozga ko‘chirtirib, Qo‘qonning eng gavjum sayilgohiga-Mo‘ymarak (Mo‘yi muborak)dagi baland bir terakka osib qo‘yishadi. Qo‘qonda katta shov-shuv ko‘tariladi. Rasta ahli shoirni tutib, rosa kaltaklaydilar. Ustidan “garonish” (shahar hokimi) va uyezd hokimiga arz qiladilar. Hokim Zavqiyni qattiq tergab, Sibirga surgun qilishini aytib dag‘dag‘a qiladi. Bu esa oradan ko‘p o‘tmay shoirning shu mojaroga bag‘ishlangan “Talading baring!” she’rining yozilishiga sabab bo‘ladi.Zavqiy Birinchi Jahon urushi yillarida davr fojialarini aks ettiruvchi “Qahatlik”, “Kajdor zamona” va kelajak orzulari bilan to‘lib-toshgan “Ajab ermas” she’rlarini yozadi:G‘addor falak sitam nishonaKajdor, mariz, ey zamona!Yaxshi hama dahr aro nigunsor,Har yerda rivojdur yomona.Zavqiy 1918-1921 yillarda Qo‘qon poyabzal rastasining oqsoqoli, ocharchilikka qarshi kurash hay’ati a’zosi bo‘lib ishlaydi.Zavqiy lirik shoir sifatida “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ko‘zing”, “Aylab keling”, “Men kimga dey” kabi go‘zal g‘azallarni yaratgan. Uning, ayniqsa, “Yuzingni ko‘rsatib avval, o‘zingga bandalar qilding” misrasi bilan boshlanadigan muxammasi mumtoz qo‘shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan bo‘lib, xonandalarimizning doimiy repertuarlari qatorida yangrab keladi.Zavqiy hajviyalarida shunchaki jamiyatning ikir-chikir, fe’l-tabiat tanqididan adolatsizlik asosiga qurilgan negizini fosh etishgacha ko‘tarildi. “Zamona kimniki?”, “Muncha ko‘p” she’rlari buning dalili. “Voqeai qozi saylov”, “Qahatlik” asarlari masnaviy yo‘lida yozilgan ixcham dostonlardir. Ikkisi ham tarixiy voqea asosida yozilgan. Birinchisida 1910-yilda Qo‘qonning Xo‘jand dahasi qozililiga saylov jarayonida ro‘y bergan qalloblik, poraxo‘rlik fosh etilgan bo‘lsa, ikkinchisi 1916-yilgi ocharchilikning mash’um manzaralarini ochib beruvchi asardir.Zavqiyning Muqimiy bilan mushoira yo‘sinida yozilgan hazil-mutoyibalari va she’riy maktublari ham adabiyotimizning durdona asarlari hisoblanadi.O‘zbekistonda kitobxonlarni Zavqiy ijodi bilan keng tanishtirish maqsadida 1958-1960 yillarda 50 ga yaqin she’rlari jamlangan “Tanlangan asarlar” nomli kitobi nashr etildi. 2003-yilda esa shoir avlodlari homiyligida to‘ldirilgan “Ajab zamona”kitobi chop etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1c/40434178_0:29:183:166_1920x0_80_0_0_9bdcc966ad5b5e502ee89cbebda7132b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zavqiy biografiya referat insho
zavqiy biografiya referat insho
Zavqiy — biografiya
21:02 28.10.2023 (yangilandi: 16:58 30.10.2023) Zavqiy – lirik, hajviy va ijtimoiy satirik asarlari bilan tanilgan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri.
U 1853-yilda Qo‘qonda kosib-mahsido‘z oilasida tug‘ilgan. Shoirning ismi-sharifi Ubaydulla usta Solih o‘g‘li bo‘lib, “Zavqiy” adabiy taxallusidir. Ilk xat-savodini eski maktabda chiqarib, tog‘asi Muhammad Siddiqning yordami bilan madrasaga o‘qishga kiradi. Madrasada o‘qish bilan birgalikda kosiblik qilib oilasiga qarashadi. Uning “Madrasai oliya”dagi hujrasi peshtoqiga Muqimiy dastxati bilan:
Bu –Ubaydullohning koshonasi,
Usta Solih o‘g‘li do‘konxonasi!
Eski mahsiyu kavush tikamiz,
deb yozib qo‘yilganini naql qiladilar.
Zavqiy 1880-yillarda Qo‘qon poyabzal rastasi pudratchisi Mo‘minshoh mahkamasiga ish yurituvchisi sifatida ishga kiradi. Shu yillar davomida boshiga og‘ir musibatlar tushadi, otasi, so‘ngra ikki ukasi olamdan o‘tadi. Turmush o‘rtog‘i kasallanib, ikki ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi. Shu ko‘rguliklardan so‘ng shoir 1900-yilda haj safariga otlanadi. Uch yil Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Arabistonga sayohat qilib, u yerlardan turli taassurotlar, yangi fikr-qarashlar bilan Qo‘qonga qaytadi.
Zavqiy 1921-yilda Qo‘qonda vafot etgan.
Tabiatan hozirjavob, mutoyibaga o‘chlik shoir ijodida hajv janrining kuchayishiga olib keladi. Va bu uning boshiga katta tashvishlar keltiradi. Masalan, 1905-1906 yillarda yozilgan 47 baytlik “Ahli rasta hajvi” she’rida 46 kishi nomma-nom tilga olinib, ularning har birining fe’l-atvori keskin satrlarda tasvirlanadi. Bu ham yetmaganidek, uni katta qog‘ozga ko‘chirtirib, Qo‘qonning eng gavjum sayilgohiga-Mo‘ymarak (Mo‘yi muborak)dagi baland bir terakka osib qo‘yishadi. Qo‘qonda katta shov-shuv ko‘tariladi. Rasta ahli shoirni tutib, rosa kaltaklaydilar. Ustidan “garonish” (shahar hokimi) va uyezd hokimiga arz qiladilar. Hokim Zavqiyni qattiq tergab, Sibirga surgun qilishini aytib dag‘dag‘a qiladi. Bu esa oradan ko‘p o‘tmay shoirning shu mojaroga bag‘ishlangan “Talading baring!” she’rining yozilishiga sabab bo‘ladi.
Zavqiy Birinchi Jahon urushi yillarida davr fojialarini aks ettiruvchi “Qahatlik”, “Kajdor zamona” va kelajak orzulari bilan to‘lib-toshgan “Ajab ermas” she’rlarini yozadi:
G‘addor falak sitam nishona
Kajdor, mariz, ey zamona!
Yaxshi hama dahr aro nigunsor,
Har yerda rivojdur yomona.
Zavqiy 1918-1921 yillarda Qo‘qon poyabzal rastasining oqsoqoli, ocharchilikka qarshi kurash hay’ati a’zosi bo‘lib ishlaydi.
Zavqiy lirik shoir sifatida “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ko‘zing”, “Aylab keling”, “Men kimga dey” kabi go‘zal g‘azallarni yaratgan. Uning, ayniqsa, “Yuzingni ko‘rsatib avval, o‘zingga bandalar qilding” misrasi bilan boshlanadigan muxammasi mumtoz qo‘shiqchiligimizning oltin fondidan joy olgan bo‘lib, xonandalarimizning doimiy repertuarlari qatorida yangrab keladi.
Zavqiy hajviyalarida shunchaki jamiyatning ikir-chikir, fe’l-tabiat tanqididan adolatsizlik asosiga qurilgan negizini fosh etishgacha ko‘tarildi. “Zamona kimniki?”, “Muncha ko‘p” she’rlari buning dalili. “Voqeai qozi saylov”, “Qahatlik” asarlari masnaviy yo‘lida yozilgan ixcham dostonlardir. Ikkisi ham tarixiy voqea asosida yozilgan. Birinchisida 1910-yilda Qo‘qonning Xo‘jand dahasi qozililiga saylov jarayonida ro‘y bergan qalloblik, poraxo‘rlik fosh etilgan bo‘lsa, ikkinchisi 1916-yilgi ocharchilikning mash’um manzaralarini ochib beruvchi asardir.
Zavqiyning Muqimiy bilan mushoira yo‘sinida yozilgan hazil-mutoyibalari va she’riy maktublari ham adabiyotimizning durdona asarlari hisoblanadi.
O‘zbekistonda kitobxonlarni Zavqiy ijodi bilan keng tanishtirish maqsadida 1958-1960 yillarda 50 ga yaqin she’rlari jamlangan “Tanlangan asarlar” nomli kitobi nashr etildi. 2003-yilda esa shoir avlodlari homiyligida to‘ldirilgan “Ajab zamona”kitobi chop etilgan.