https://oz.sputniknews.uz/20231027/xususiy-kadastr-muhandislari-faoliyati-yolga-qoyildi-40419590.html
Xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi — Shavkat Mirziyoyev
Xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi — Shavkat Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi — Mirziyoyev. 27.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-27T20:05+0500
2023-10-27T20:05+0500
2023-10-27T20:05+0500
shavkat mirziyoyev
iqtisod
o‘zbekiston
kadastr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40416117_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f325d81bc41c48d6f926ba294d845d36.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yilning 1-iyulidan xususiy kadastr muhandislari faoliyati joriy etiladi. Bu haqida juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yer resurslaridan foydalanishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi. Majlisda ma’lum qilinishiga ko‘ra, bugungi kunda kadastr tizimida ish juda ko‘p va ularning aksariyati yig‘ma jild tayyorlash bilan bilan bog‘liq. Sohadagi xodimlarning 25% shu ish bilan band. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida xususiy kadastr muhandisi instituti joriy etildi hamda 165 ta xususiy kadastr muhandisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan buyon fuqarolarda davlat yoki xususiy kadastr muxandisiga murojaat qilish imkoni paydo bo‘ladi. Sohadaigi muammolar Yer resurslari sohasida 146 ming kilometr ichki yo‘llar va atrofidagi yerlarning hujjati yo‘q. Shuningdek, 827 ming gektar suv fondi yerlaridan faqat 380 ming gektarining kadastr hujjatlari bor.Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yo‘q. Ularning qadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘ladi. Shu bois hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Shuningdek, aholi uzoq yillardan buyon uy-joy sifatida foydalanib kelayotgan, lekin hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lib qolayotgan 817 ming gektar yerni xatlovdan o‘tkazib, yer toifasini o‘zgartirish taklifi bildirildi.Yerlarning elektron xaritasi yaratildi Majlisda shuningdek, yer hisobi va kadastr xizmatlari sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar sanab o‘tildi. Xusuaan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan ta’minlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi. O‘tgan 3-yilda 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. 40 million gektar yer ro‘yxatga olinib, soliq tizimi bilan bog‘landi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40416117_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3fdc45e7278d843acd5a053a929dc465.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, iqtisod, o‘zbekiston, kadastr
shavkat mirziyoyev, iqtisod, o‘zbekiston, kadastr
Xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi — Shavkat Mirziyoyev
Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi — Mirziyoyev.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yilning 1-iyulidan xususiy kadastr muhandislari faoliyati joriy etiladi. Bu haqida juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yer resurslaridan foydalanishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Majlisda ma’lum qilinishiga ko‘ra, bugungi kunda kadastr tizimida ish juda ko‘p va ularning aksariyati yig‘ma jild tayyorlash bilan bilan bog‘liq. Sohadagi xodimlarning 25% shu ish bilan band.
Ushbu muammoni hal qilish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida xususiy kadastr muhandisi instituti joriy etildi hamda 165 ta xususiy kadastr muhandisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan buyon fuqarolarda davlat yoki xususiy kadastr muxandisiga murojaat qilish imkoni paydo bo‘ladi.
"Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun ko‘chmas mulklar yangi “UZKAD” axborot tizimiga o‘tkaziladi, 2024-yil 1-iyuldan respublikaning barcha hududlarida xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi", - deyiladi xabarda.
Yer resurslari sohasida 146 ming kilometr ichki yo‘llar va atrofidagi yerlarning hujjati yo‘q. Shuningdek, 827 ming gektar suv fondi yerlaridan faqat 380 ming gektarining kadastr hujjatlari bor.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yo‘q. Ularning qadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘ladi. Shu bois hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, aholi uzoq yillardan buyon uy-joy sifatida foydalanib kelayotgan, lekin hujjatda qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lib qolayotgan 817 ming gektar yerni xatlovdan o‘tkazib, yer toifasini o‘zgartirish taklifi bildirildi.
Yerlarning elektron xaritasi yaratildi
Majlisda shuningdek, yer hisobi va kadastr xizmatlari sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar sanab o‘tildi. Xusuaan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan ta’minlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va ma’lumotlar markazi ishga tushirildi.
O‘tgan 3-yilda 96 foiz yerlarning elektron xaritasi yaratildi. 40 million gektar yer ro‘yxatga olinib, soliq tizimi bilan bog‘landi.