Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi

© Sputnik / Abdubakir YunusovDorojnaya texnika vo vremya remonta dorog. Arxivnoe foto
Dorojnaya texnika vo vremya remonta dorog. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Tungi vaqtni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar belgilanishi mumkin.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi. Adliya vazirligi tegishli prezident farmonini ishlab chiqdi.
Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
- zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb e’tirof etish;
- tungi vaqtni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;
2024 yil 1-yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida quyidagilarni taqiqlash taklif etilgan:
– turar joylarda va aholi punktlarida tashqi va ichki manbalardan ruxsat etilgan shovqin darajasidan ortiq shovqinlarni hosil qilish, shuningdek ruxsat etilgan shovqin darajasiga muvofiq, lekin aholiga sezilarli notinchlik tug‘diruvchi doimiy bo‘lgan yoki doimiy bo‘lmagan shovqinlarni chiqarish;
– aholi punktlarida va joylashtirish vositalarida daraxt kesuvchi, maysa va o‘tlarni o‘ruvchi, avtomototransport vositalari hamda boshka jismlarni avtomatik ravishda yuvuvchi elektr va benzin dvigatellar yordamida ishlaydigan moslamalardan foydalanish;
– aholi punktlarida avtomototransport vositalari, shu jumladan, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan transport vositalari tomonidan tovush chiqarish moslamalaridan foydalanish;
– aholi punktlarida ochiq osmon ostida ko‘ngilochar-tomosha tadbirlarini (musiqiy, konsert, sport, reklama va boshqalar) o‘tkazish;
– yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylarda qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, bundan avariya holatlarini bartaraf etish hollari mustasno (elektr, gaz, issiqlik hamda ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq, shuningdek, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga xavf-xatar tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa favqulodda holatlar).
Shuningdek, “Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratish taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0