Rossiya fuqarolarining 78 foizi Putinga ishonadi — so‘rov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya fuqarolarining aksariyati telefon suhbati davomida prezidentga ishonishini va u qilayotgan ishlarni ma’qullashini bildirdi.
TOShKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiya fuqarolarining 78,6 foizi Vladimir Putinga ishonadi va 74,8 foizi uning faoliyatini ma’qullaydi. Bu haqida Umumrossiya aholi fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) so‘rovi natijasida ma’lum bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respondentlarning 78,6 foizi Rossiya prezidentiga ishonch bildirgan, 17,2 foizi esa boshqacha fikr bildirgan. Shuningdek, rossiyaliklarning 74,8 foizi Putin faoliyatini ma’qullagan bo‘lsa, 15,1 foizi — ma’qullamagan.
So‘rov 2023-yil 16-oktabrdan 22-oktabrgacha 18 yoshdan oshgan 1600 nafar rossiyaliklar o‘rtasida o‘tkazildi. So‘rov usuli bu mobil telefon raqamlarga tasodifiy qo‘ng‘iroq qilish va telefon suhbati orqali aholi fikrini aniqlash bo‘ldi.
Bunda Rossiya Federatsiyasida mobil telefon raqamlarining to‘liq bazasidan foydalanildi. Ushbu tanlama uchun xatolik 95 foiz ehtimollik bilan 1foizdan oshmaydi.
Yangiliklar lentasi
0