O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon yarim milliondan ziyod kishiga ko‘paydi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovFestival remesel v Kokande. Arxivnoe foto
Festival remesel v Kokande. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Har kun doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 2023-yilning 1-oktabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etmoqda. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Respublika doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
“Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan”, - deyilgan xabarda.
Aholi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. Har kun doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Yangiliklar lentasi
0