https://oz.sputniknews.uz/20231027/mirziyoev-geologiya-40415825.html
Mirziyoyev geologiya sohasini rivojlantirish vazifalarini belgilab berdi
Mirziyoyev geologiya sohasini rivojlantirish vazifalarini belgilab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Keyingi yillarda geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobar oshdi. 3D seysmorazvedka, aerogeofizika, kosmogeologiya, raqamli geologiya kabi ilg‘or usullarni joriy etish boshlandi. Geologiya ishlari sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qonunchilik bazasi takomillashtirildi va boshqa zarur sharoitlar yaratildi.
2023-10-27T19:18+0500
2023-10-27T19:18+0500
2023-10-27T19:27+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40412165_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1e5d87e2ab2ed2ccce32610936c480d2.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va o‘zlashtirish rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.Taqdimotda sohada qilingan ishlar, foydali qazilmalarni aniqlash va o‘zlashtirishga xorijiy hamkor va investorlarni jalb qilish rejalari ko‘rib chiqildi.Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobar oshdi. 3D seysmorazvedka, aerogeofizika, kosmogeologiya, raqamli geologiya kabi ilg‘or usullarni joriy etish boshlandi. Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, hozirgi kunda 1,5 ming nafar yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.Shuningdek, geologiya ishlari sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qonunchilik bazasi takomillashtirildi va boshqa zarur sharoitlar yaratildi.Buning hisobiga konlarni izlash va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar soni 4 barobarga oshdi. Joriy yilning o‘zida geologiya ishlariga 180 million dollar xorijiy investitsiyalar kiritildi, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 2 milliard dollardan oshdi.Davlat rahbari hisobotni tinglab, kelgusi yilda geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40412165_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1b1b76e7e696f5f6ccea339cc3eaec3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
geologiya sohasi o‘zbekiston shavkat mirziyoyev
geologiya sohasi o‘zbekiston shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev geologiya sohasini rivojlantirish vazifalarini belgilab berdi
19:18 27.10.2023 (yangilandi: 19:27 27.10.2023) TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va o‘zlashtirish rejalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan
tanishdi. Taqdimotda sohada qilingan ishlar, foydali qazilmalarni aniqlash va o‘zlashtirishga xorijiy hamkor va investorlarni jalb qilish rejalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobar oshdi. 3D seysmorazvedka, aerogeofizika, kosmogeologiya, raqamli geologiya kabi ilg‘or usullarni joriy etish boshlandi. Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, hozirgi kunda 1,5 ming nafar yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.
Shuningdek, geologiya ishlari sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qonunchilik bazasi takomillashtirildi va boshqa zarur sharoitlar yaratildi.
Buning hisobiga konlarni izlash va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar soni 4 barobarga oshdi. Joriy yilning o‘zida geologiya ishlariga 180 million dollar xorijiy investitsiyalar kiritildi, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 2 milliard dollardan oshdi.
Davlat rahbari hisobotni tinglab, kelgusi yilda geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.