Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 21-27 oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota reaktivnoy artilleriyskoy batarei SVO na Krasnolimanskom napravlenii
Boyevaya rabota reaktivnoy artilleriyskoy batarei SVO na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 21-27 oktabr hisoboti:

Rossiya Qurolli Kuchlari 21—27 oktabr kunlari UQKning artilleriya o‘q-dorilari arsenallarga, ekipajsiz katerlar saqlash joylariga, yoqilg‘i-moylash materiallari omborxonalari, harbiy aerodrom infratuzilmasiga, uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar hamda uchuvchisiz apparatlar yodamida 19 ta guruhli zarbalar berdi.
Bundan tashqari, ukrainalik harbiylar, millatchilar va xorijlik yollanma askarlar vaqtincha joylalashish punktlariga zarba berildi. Zarbalar belgilangan nishonlarga yetib bordi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" bo‘yicha qo‘shinlar guruhi o‘tgan hafta davomida dushmanning 47 ta hujumini qaytardi va front chizig‘i bo‘ylab o‘z pozitsiyalarni yaxshiladi. Ivanovka, Sinkovka, Sergeyevka va Novoyegorovka aholi punktlari hududlarida UQKing 25-havo desant, 14, 32 va 41 mexanizatsiyalashgan, 68-yeger brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qilindi. Bundan tashqari, UQKning 4ta qurol va o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Dushmanning hafta davomidagi yo‘qotishlari 705 nafardan ortiq harbiy xizmatchi, bir tank, 11 ta zirhli jangovar texnika, 19 ta texnika va beshta dala artilleriya qurolini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Ukraina Qurolli Kuchlarining 24, 63 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari va Ukraina Milliy gvardiyasining 15-polkining hujum otradlari tomonidan 45 ta hujumni qaytardi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 1020 dan ortiq harbiy xizmatchi, 20 zirhli jangovar texnika, 14 ta mashina va uchta qurolni tashkil etdi.
Donetsk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari o‘tgan haftada Mariinka, Kurdumovka, Bogdanovka va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida UQKuchlarining 24, 54-mexanizatsiyalashgan va 77-aeromobil brigadalarining 9ta hujumini qaytardi va dushmanga qarshi artilleriya zarbalari berdi. UQKning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 2055 dan ortiq harbiy xizmatchilar (qurbonlar va yaradorlar)ni, uchta tank, 17 ta zirhli jangovar texnikani, 22 ta texnikani, shuningdek, 16 ta dala artilleriya qurollarini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida Staromayorskoe, Ugledar va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida Rossiya qo‘shinlari UQKning 58-moto o‘qchi, 72-mexanizatsiyalashgan brigadalarini, shuningdek, 128- hududiy mudofaa brigadasini mag‘lub etdi. O‘tgan haftada dushman yo‘qotishlari 885 dan ortiq harbiy xizmatchi, bir tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina, 17ta mashina va to‘rtta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari faol mudofaa davomida Rabotino va Verbovoe aholi punktlari hududlarida UQKning 65 va 118chi mexanizatsiyalashgan, 82-havo hujumi brigadasining 19 ta hujumni qaytardilar. Dushmanning jami yo‘qotishlari 435 dan ortiq harbiy xizmatchi, 15 tank, 17 zirhli jangovar texnika, 16 texnika va 17 dala artilleriya to‘pini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida hafta davomida artilleriya zarbalari natijasida Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 485 tagacha harbiy xizmatchi (qurbonlar va yaradorlar) 11 ta artilleriya quroli va 20 ta mashinani tashkil etdi.
Janubiy Donesk, Soledaro va Baxmut yo‘nalishlarida va Rossiya qo‘shinlarining "G‘arb" kuchlar guruhi javobgarlik zonasida, Ukraina harbiy xizmatchilarining ma’naviy va psixologik holati juda past darajada. Bir hafta ichida Ukraina Qurolli Kuchlarining 54-mexanizatsiyalashgan, 56-, 57- va 58-motoo‘qchilar brigadalari, 110- va 115-harbiy mudofaa brigadalaridan 54 nafar ukrainalik harbiy xizmatchisi ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi.
Havo mudofaa tizimlari yordamida o‘tgan hafta davomida Ukrainaning 208 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Bundan tashqari 19ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va to‘rtta "Uragan" raketalari, 2ta ATASMS operativ-taktik raketasi, ikkita "Neptun" kemaga qarshi raketasi, oltita HARM radarga qarshi raketasi, 8ta JDAM boshqariladigan havo bombalari va S-200 zenit raketasi tutib olindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari va havo mudofaa tizimlari 1 oktabrdan bugunga qadar Ukraina havo kuchlarining 31 ta samolyoti va uchta vertoloti, shu jumladan: 20 ta Mig-29, sakkizta Su-25, bitta Su-24 bombardimonchisi, ikkita L-39 jangovar o‘quv samolyoti va uchta Mi- 8 vertolotgani yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina 515 ta samolyot, 253 ta vertolot, 8 312 ta uchuvchisiz apparat, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12 960 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1169 ta ko‘p raketali tizimlar, 6893 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14684 ta harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0