ShHT doirasida umumiy iqtisodiy bozor yaratishni muhim — Aqilbek Japarov

© Foto : press-slujba kabineta ministrov KRQirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Aqilbek Japarov: ShHTga a’zo mamlakatlarda aholi soni 3,3 milliard kishidan ortiq.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) doirasida umumiy iqtisodiy bozor yaratishni muhim deb biladi. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov ma’lum qildi.
Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘zga chiqqan Aqilbek Japarov iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligini aytdi.

"Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kun tartibimizdagi asosiy masalalardan biri. Savdo, ishlab chiqarish, energetika, transport, sarmoya, moliya, qishloq xo‘jaligi, bojxona, telekommunikatsiya va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, sun’iy intellekt sohasida texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, Taraqqiyot banki va ShHT Taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish masalasi anchadan beri muhokama qilinmoqda", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tuzilmalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini yanada bosqichma-bosqich oshirishda bevosita yordam ko‘rsatgan bo‘lar edi.

"Umid qilamanki, biz bu masalada kelishuvga erishamiz", — deya qo‘shimcha qildi Japarov.

Qayd etilishicha, kelgusi 2024-yil ShHTning Ekologiya yili deb e’lon qilindi va bugun uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli Harakat dasturi qabul qilinadi. U o‘z so‘zida Qirg‘iziston iqlim o‘zgarishiga, havo va suvning ifloslanishiga, biologik xilma-xillikni saqlashga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishni taklif qildi.
ShHTga a’zo mamlakatlarda aholi soni 3,3 milliard kishidan ortiq (dunyo aholisining 42 foizdan ortig‘i), yalpi ichki mahsulot xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha 45 trillion dollardan oshganini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0