O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Kabinet ministrov UzbekistanaAbdulla Aripov vstretilsya s Romanom Golovchenko
Abdulla Aripov vstretilsya s Romanom Golovchenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko bilan uchrashdi, deya xabar berdi Hukumat portali.
Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Qayd etilishicha, ko‘p qirrali aloqalar rivojlanishida ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot muhim omil bo‘lmoqda.

“Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi”,— deyiladi xabarda.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, o‘tgan yilda uning xajmi 42 foizga o‘sdi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Uchrashuvda savdo-sotiq va korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0