https://oz.sputniknews.uz/20231026/kreditlar-malumotlar-16-ta-tijorat-banki-jarima-40347092.html
Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat banki jarimaga tortildi — MB
Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat banki jarimaga tortildi — MB
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank avgust-sentabr oylarida tijorat banklarida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.
2023-10-26T09:10+0500
2023-10-26T09:10+0500
2023-10-26T11:39+0500
iqtisod
o‘zbekiston
markaziy bank
bank
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051768_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_22fc8b975543053eced40f7bd541ea06.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Markaziy bank (MB) kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi, deya xabar berdi MB matbuot kotibi Akmal Nazarov.Qayd etilishicha, avgust-sentabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.O‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganlik holatlari aniqlandi.Iste’molchilar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha oqilona qarorga kelishlari uchun tijorat banklaridan iste’molchilarga bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishi va ularning shartlarini batafsil tushuntirishi lozimligi bildiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/17/9051768_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_a6f32cba85854a5f6682513bb7ebd607.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank tijorat banklari nazorat tadbirlar o‘zbekiston kredit
markaziy bank tijorat banklari nazorat tadbirlar o‘zbekiston kredit
Kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat banki jarimaga tortildi — MB
09:10 26.10.2023 (yangilandi: 11:39 26.10.2023) Markaziy bank avgust-sentabr oylarida tijorat banklarida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Markaziy bank (MB) kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi, deya xabar berdi MB matbuot kotibi
Akmal Nazarov. Qayd etilishicha, avgust-sentabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
"Nazorat tadbirlarida tijorat banklarining joylardagi muassasalarida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda bank faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi, shu jumladan, terminallar orqali to‘lovlarning qabul qilinishi hamda bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarni iste’molchilarga to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilishi holatlariga e’tibor qaratildi", — deyiladi xabarda.
O‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganlik holatlari aniqlandi.
"Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun O‘zbekiston “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi", —deb yozadi Nazarov.
Iste’molchilar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha oqilona qarorga kelishlari uchun tijorat banklaridan iste’molchilarga bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishi va ularning shartlarini batafsil tushuntirishi lozimligi bildiriladi.