Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

© Komitet po turizmuSamarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Akademiyani tamomlagan bitiruvchiga sertifikat beriladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
Samarqandda UNWTO Xalqaro turizm akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan maqsad turizm sanoati va iqtisodiyot sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan malakali kadrlar sinfini shakllantirishdan iborat.
Akademiyada trening chet ellik maslahatchilar tomonidan olib boriladi. Akademiyani tamomlagan bitiruvchiga jalb qilingan hamkor ta’lim muassasalari tomonidan tan olingan sertifikat beriladi.
© Komitet po turizmuSamarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
V Samarkande otkrilas Mejdunarodnaya akademiya turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
“Har bir modulni tugatgandan so‘ng, talabalar xususiy sektor hamkor kompaniyalarida amaliyot o‘tash orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, deyiladi xabarda.
Akademiya tashkilotchilari O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisoblanadi.
© Komitet po turizmuSamarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
V Samarkande otkrilas Mejdunarodnaya akademiya turizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi
UNWTOning Akademiyani tashkil etishdagi faoliyati quyidagilarni ta’minlashdan iborat:
Xalqaro tajribaga asoslangan kadrlar tayyorlash modelini yaratish;
O‘quv dasturlarini mahalliy sharoitga moslashtirish;
ToT dasturlari (trenerlarga trening o‘tish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish) orqali mentorlarni tayyorlash;
Institutsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash;
Talabalar reytingini baholash;
Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
Yangiliklar lentasi
0