Dnepropetrovsk bosqinchi nemis fashistlaridan qanday ozod qilingan edi - video

Obuna bo‘lish
1943 yil 25-oktabr kuni Dnepropetrovsk bosqinchi nemis fashistlaridan ozod qilingan edi.
Shaharni armiya generali R.Ya. Malinovskiyning 3-Ukraina fronti jangchilari ozod qilgan. 23-oktabr kuni boshlangan Dnepropetrovsk hujum operatsiyasi fashist qo‘mondonlari uchun umuman kutilmagan holat bo‘lgan.
Bu Dnepropetrovsk va uning yaqinidagi Dneprodzerjinsk shaharchasini atigi 2 kun ichida ozod qilish imkonini bergan. Operatsiya chog‘ida Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida strategik plasdarm tashkil etilgan. Uning uzunligi qariyb 400 kilometr, chuqurligi esa 100 kilometr bo‘lgan.
Ukrainaning aholi soni bo‘yicha to‘rtinchi shahrida 600 ming kishidan atigi 2-3 ming kishi qolgan.
Yangiliklar lentasi
0