Xorijiy fuqarolar giyohvandlik biznesiga aralashib qolmoqda — Rossiya IIV

© MVD RFZasedanie kollegii MVD Rossii
Zasedanie kollegii MVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV rahbari hamkasabalariga xorijiy jinoyatchilikka qarshi kurashni profilaktik va tizimli olib borishni, paydo bo‘layotgan yangi tahdidlarga qarshi samarali kurashishni topshirdi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash — strategik ahamiyatga ega, - dedi Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev IIV kollegiyasi majlisida.
Rossiya IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Rossiyada xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar soni oshgan. Ushbu munosabat bilan Kolokolsev ichki ishlar xodimlarini xorjiy jinoyatchilikka qarshi kurashga profilaktik va jiddiy yondashishga chaqirdi.
Vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda xorijiy fuqarolar giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga tobora ko‘proq aralashmoqda.

Xorijiy fuqarolar sodir etgan har to‘rtinchi jinoiy harakat giyohvand moddalar bilan bog‘liq. Vaholanki ikki yil oldin - har sakkizinchisi edi. Shu bilan birga, giyohvandlik moddalari bilan shug‘ullanuvchi guruhlar va yashirin laboratoriyalar tashkil etish holatlari ham uchramoqda”, - dedi Kolokolsev.

Ichiki ishlar vaziri aytishiga ko‘ra, xorij fuqarolari odam o‘g‘irlash, tovlamachilik bilan shug‘ullanish holatlari ham uchramoqda. Shuningdek xorijiy haydovchilar aralashgan YTHlar soni ham oshmoqda.
"Xorijiy haydovchilar tomonidan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarida har yili 500ga yaqin odam halok bo‘ladi va 7 ming kishi jarohat oladi" - dedi Kolokolsev.
Vazir jumladan noqonuniy migratsiyaga ixtisoslashgan jinoiy guruhlar ham paydo bo‘lganini alohida aytib o‘tdi.
“Xorijiy fuqarolar turli yo‘llar bilan Rossiyada o‘zlarini qonuniylashtirishga urinmoqda. Buning uchun soxta nikohlar tuzish, rus tilidan soxta imtihonlar topshirish, o‘qishga soxta taklifnomalar olish kabi sxemalardan foydalanilmoqda”,— dedi IIV rahbari.
Kolokolsev aytishiga ko‘ra, ko‘p uchraydigan holatlardan biri, Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan yuzlab xorijiy fuqarolar shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirib kirib kelishga harakat qilmoqda.
Vazir migratsiya sohasida profilaktika chora-tadbirlari muhimligini ta’kidlab, barcha kuch va vositalarni qo‘llagan holda xorijiy fuqarolar bilan har kuni, tizimli va kompleks ishlarni ta’minlashni talab qildi.
Rossiyaga kiyev rejimi tarafdorlari bo‘lgan, neonatsist va ekstremistiklar ham kirib kelayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

"Vaziyat mamlakatimiz xavfsizligiga potensial tahdid solishi mumkin bo‘lgan tashrif buyuruvchilarga, shu jumladan ekstremistik, neonatsist mafkuralariga sodiq bo‘lgan va Kiyev rejimining sheriklari bo‘lganlarga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini taqozo etmoqda", - dedi Kolokolsev.

Ushbu munosabat bilan Rossiya Ichki ishlar vaziri chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan har bir qoidabuzarlikka aniq va o‘z vaqtida javob berishni topshirdi.
Ayniqsa migrantlar zich yashaydigan hududlarda, qurilish obyektlari, aeroport, vokzallarda huquqbuzarliklarning oldini olish, chet ellik haydovchilarning yo‘llarda o‘zini tutish madaniyati va qoidalariga rioya etishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega, - dedi Kolokolsev.
“Noqonuniy migratsiya va xorijiy jinoyatlarga qarshi kurash strategik ahamiyatga ega”, – dedi ichki ishlar vaziri.
Yangiliklar lentasi
0