https://oz.sputniknews.uz/20231023/samarqand-markaziy-osiyo-energetiklar-40232516.html
Samarqandda Markaziy Osiyo energetiklari yig‘iladi — muhokama etiladigan masalalar
Samarqandda Markaziy Osiyo energetiklari yig‘iladi — muhokama etiladigan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo energetiklari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini muhokama etishadi.
2023-10-23T14:32+0500
2023-10-23T14:32+0500
2023-10-23T17:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
energetika
elektr energiyasi
energetika vazirligi
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38935827_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_994157d6e0b4d683c10a6ba4ada1541d.jpg
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqand shahrida 25–26 oktabr kunlari Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Samarqandda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi qirq ikkinchi yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining qirqinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qiladi.Xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston elektr energetika tashkilotlari ishtirok etadi. Rossiyadan tashrif buyuruvchi mutaxassislar esa kuzatuvchi maqomida qatnashishadi.Quyidagi masalalar muhokama etiladi:Ma’lumot uchun, shu yilning 4–6 may kunlari Tojikistonda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi o‘lib o‘tgan edi. Tadbirda Kengashning mezbonlik navbati rasman O‘zbekistonga o‘tgani ma’lum qilingan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38935827_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1b4bfa3bde54c43db865dd665c900248.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 42-yig‘ilishi markaziy osiyo muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 40-yig‘ilishi “o‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati
samarqand muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi 42-yig‘ilishi markaziy osiyo muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining 40-yig‘ilishi “o‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati
Samarqandda Markaziy Osiyo energetiklari yig‘iladi — muhokama etiladigan masalalar
14:32 23.10.2023 (yangilandi: 17:22 23.10.2023) Markaziy Osiyo energetiklari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini muhokama etishadi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Samarqand shahrida 25–26 oktabr kunlari Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi
Energetika vazirligi. Samarqandda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi qirq ikkinchi yig‘ilishi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashining qirqinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qiladi.
Xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston elektr energetika tashkilotlari ishtirok etadi.
Rossiyadan tashrif buyuruvchi mutaxassislar esa kuzatuvchi maqomida qatnashishadi.
“Ishchi tartibda o‘tadigan yig‘ilishda Markaziy Osiyo mintaqasida 2023/2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, bu borada amalga oshirilgan yumushlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi masalalar muhokama etiladi:
kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun zarur amaliyotlar;
kaskadli o‘chishlarning oldini olish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika tarmog‘iga ulash va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish;
mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish istiqbollari.
Ma’lumot uchun, shu yilning 4–6 may kunlari Tojikistonda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi hamda Markaziy Osiyo Muvofiqlashtiruvchi elektr energetika kengashi o‘lib o‘tgan edi. Tadbirda Kengashning mezbonlik navbati rasman O‘zbekistonga o‘tgani ma’lum qilingan.