https://oz.sputniknews.uz/20231023/paraosiyo-oyinlari-ozbekiston-medallar-40241545.html
Paraosiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar 10 dan ortiq medallarga ega chiqishdi
Paraosiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar 10 dan ortiq medallarga ega chiqishdi
Sputnik O‘zbekiston
Paraosiyo o‘yinlarida sportchilar qo‘lga kiritgan oltin medallar soni 6tadan oshdi.
2023-10-23T18:00+0500
2023-10-23T18:00+0500
2023-10-23T18:00+0500
sport
xitoy
o‘zbekiston
paraosiyo o‘yinlari
taekvondo
dzudo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/17/40242118_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_62e4af225197cb1273e23cb7110270f0.jpg
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 10 dan ortiq medallarga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.Para-yengil atletikaPara-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safiya Burxanova navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. U ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etib, 13.87 metr natija qayd etdi.Erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida qatnashgan Doniyor Ahmedov 11.35 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yorqin Odilov delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni keltirdi. U F57 klassida nayza uloqtirish dasturida 47.72 metr natija bilan ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.Para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Urganch Egamnazarov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U 6.32 metr natija bilan uchinchi o‘ringa ega chiqdi va yana bir bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temur Giyazov ikkinchi bor Para Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan sportchi roppa-rosa 2 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u 2018-yilgi Para Osiyo o‘yinlarida ushbu dasturda oltin medalga egalik qilgan edi.Para-taekvondoAyollar o‘rtasida para-taekvondo bahslarida ishtirok etgan Ziyoda Isoqova -48 kg vazn toifasida finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.Sanjar Muxtorov ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozib qo‘ydi. -58 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.Para-dzudoPara-dzudo bellashuvlarida ham dastlabki medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Lobar Hurramova yakunda bronza medaliga egalik qildi.Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasining J2 klassida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Kemran Nurillayev hamda Sherzod Namozov finalgacha yetib kelishdi. Yakunda Nurillayev oltin, Namozov esa kumush medal sohibiga aylanishdi.Ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida ikki nafar sportchi shoxsupaga ko‘tarildi. Jumladan, Hosiyat Poziljonova kumush, Uljon Amriyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Para-suzishShuningdek, para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan sportchilar ham medallarga ega chiqishdi. Unga ko‘ra, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islam Aslanov kumush va Kiril Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/17/40242118_77:0:1213:852_1920x0_80_0_0_9e13d48f9839ba83dd998e59e3dab07e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
paraosiyo o‘yinlari xanchjou-2022 para-yengil atletika para-taekvondo para-dzudo para-suzish
paraosiyo o‘yinlari xanchjou-2022 para-yengil atletika para-taekvondo para-dzudo para-suzish
Paraosiyo o‘yinlari: o‘zbekistonlik sportchilar 10 dan ortiq medallarga ega chiqishdi
Paraosiyo o‘yinlarida sportchilar qo‘lga kiritgan oltin medallar soni 6tadan oshdi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 10 dan ortiq medallarga ega chiqdi, deya xabar berdi
Milliy paralimpiya qo‘mitasi. Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safiya Burxanova navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. U ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etib, 13.87 metr natija qayd etdi.
Erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida qatnashgan Doniyor Ahmedov 11.35 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yorqin Odilov delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni keltirdi. U F57 klassida nayza uloqtirish dasturida 47.72 metr natija bilan ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Para-yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Urganch Egamnazarov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U 6.32 metr natija bilan uchinchi o‘ringa ega chiqdi va yana bir bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temur Giyazov ikkinchi bor Para Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan sportchi roppa-rosa 2 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u 2018-yilgi Para Osiyo o‘yinlarida ushbu dasturda oltin medalga egalik qilgan edi.
Ayollar o‘rtasida para-taekvondo bahslarida ishtirok etgan Ziyoda Isoqova -48 kg vazn toifasida finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sanjar Muxtorov ham o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozib qo‘ydi. -58 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Para-dzudo bellashuvlarida ham dastlabki medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Lobar Hurramova yakunda bronza medaliga egalik qildi.
Erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasining J2 klassida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Kemran Nurillayev hamda Sherzod Namozov finalgacha yetib kelishdi. Yakunda Nurillayev oltin, Namozov esa kumush medal sohibiga aylanishdi.
Ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida ikki nafar sportchi shoxsupaga ko‘tarildi. Jumladan, Hosiyat Poziljonova kumush, Uljon Amriyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan sportchilar ham medallarga ega chiqishdi. Unga ko‘ra, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islam Aslanov kumush va Kiril Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.