O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolotini topshirdi

© FOTO Press-slujba prezidenta KRO‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolotini topshirdi
O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolotini topshirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Vertolotlardan biri Qirg‘izistonga O‘zbekiston tomonidan sovg‘a qilingan.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita Mi-8MTV harbiy-transport vertolotini topshirdi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston harbiy samolyotlari parki ikkita jangovar vertolot bilan to‘ldirildi.
U 2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga bepul yordam sifatida MI-8MTV harbiy vertolotini berganini ta’kidladi.

"Shundan so‘ng Qirg‘iziston harbiy samolyotlari parkidagi xuddi shunday vertolotlardan biri kapital ta’mirlash uchun davlatga qarashli "Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi"ga topshirildi. Ta’mirlash ishlarini O‘zbekiston Mudofaa vazirligi to‘liq o‘z zimmasiga oldi”, — deya yozgan Japarov.

Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi mutaxassislari samolyotni qabul qilib, Chirchiq – O‘sh, O‘sh – Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha yetkazib berishdi va u to‘liq ishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Bularning barchasi, albatta, O‘zbekiston prezidenti, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning ko‘magi va nazorati bilan amalga oshdi. Shu munosabat bilan Shavkat Miromonovichga chuqur minnatdorligimni bildiraman", — deya qo‘shimcha qilgan Qirg‘iziston rahbari.
Yangiliklar lentasi
0