Qaysi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi — O‘zbekistonda 24-oktabr uchun ob-havo

© Sputnik/Zafar XalilovYarkie kraski oseni v Tashkentskom botanicheskom sadu.
Yarkie kraski oseni v Tashkentskom botanicheskom sadu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ayrim hududlarda harorat +27 darajagacha isiydi, ba’zi viloyatlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Ertaga, 24-oktabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, ayrim hududlarda harorat +27 darajagacha isiydi, ba’zi viloyatlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-10 daraja, kunduzi +19-21 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 iliq, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0-5 daraja, kunduzi +12-17 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0