Maxsus operatsiya: 23-oktabrning asosiy xabarlari
© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishStrelba agitatsionnimi snaradami po pozitsiyam VSU na Severskom napravlenii
© Sputnik / Stanislav Krasilnikov
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligining 23-oktabr hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, Ivanovka va LXRning Novoyegorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 32, 41 mexanizatsiyalashgan, 57 piyoda va 68chi qo‘shinlar brigadalarining 9ta hujumni qaytardi. Xarkov viloyatining Olshana aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati bostirildi.
Kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 195 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, Grad reaktiv tizimi jangovar mashinasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Xarkov viloyatining Stepovaya Novoselovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 195 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika, uchta avtomashina, Grad reaktiv tizimi jangovar mashinasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Xarkov viloyatining Stepovaya Novoselovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Grigorovka, Kirovo va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida dushmanning 12 ta hujumi qaytardi.
Armiya aviatsiyasi Torskoe va Serebranka qishlolari hududida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari va Milliy gvardiyaning 15-polkining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 480 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yarador bo‘ldi, to‘rtta zirhli jangovar texnikasi, uchta texnikasi va D-30 gaubitsasini tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Bogdanovka posolkasi hududida UQKning 77-havo-desant-desant brigadasi hujumini qaytardi. DXRning Umanskoe, Semenovka va Orlovka aholi punktlari hududlarida UQKning shaxsiy tarkibi va texnikasi tor-mor etildi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 165 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar texnika, to‘rtta avtomobil, "Msta-B" va D-30 gaubitsalarini tashkil etdi. DXRNing Novomixaylovka aholi punkti hududida UQK o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi bo‘linmalari Ugledar, Staromayorskoe va Urojaynoe aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 65, 72 - mexanizatsiyalashgan va 58-moto-o‘qchi brigadalari, 128-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Dushmanning bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 160 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta texnikani tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Rabotino qishlog‘i hududida UQKning 82-havo-desant-desant brigadasining yettita hujumini qaytardi. Novodanilovka va Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida dushman shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 80 nafargacha harbiy xizmatchi, bir tank va uchta zirhli jangovar texnikani tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada UQKning 90 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta texnikasi, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari dushmanning 153 ta pozitsiyalarda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Bundan tashqari UQKning 53-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 15-milliy gvardiya polki va 38-zenit-raketa polkining uchta nazorat punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Verxnekamenka, Kremennaya, Zolotarevka, DXRning Kirillovka, Berestovoe, Spornoe va Xerson viloyatining Krinki aholi punktlari hududlarida dushmannning 19 ta uchuvchisiz apparatlarini urib tushurdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 508 ta samolyot, 253 ta vertolot, 8176 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12882 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1169 ta reaktiv tizimlari jangovar texnikasi, 6853 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14583 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.