https://oz.sputniknews.uz/20231022/ozbekiston-erlar-foydalanish-40197136.html
O‘zbekiston yerlaridan kim qanday foydalanmoqda — tafsilotlar
O‘zbekiston yerlaridan kim qanday foydalanmoqda — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Respublikaning 245,1 ming gektar maydoniga sabzavotlar, 1 546,3 ming gektariga esa donli ekinlar ekilgan. 22.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-22T08:46+0500
2023-10-22T08:46+0500
2023-10-22T08:46+0500
jamiyat
o‘zbekiston
meva-sabzavot
kartoshka
qishloq xo‘jaligi
fermerlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072386_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d23ccbd4b64949c03a0cfa1fe9502f09.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p sabzavotlar dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda, deya xabar berdi Statistika agentligi.Shu yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha sabzavotlar ekilgan maydon 245,1 ming gektarni tashkil etdi.Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ekilgan sabzavotlar umumiy maydonining 24,6 % fermer xo‘jaliklariga, 70,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 4,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.Respublika bo‘yicha kartoshka ekilgan maydoni 114,4 ming gektarni tashkil etdi. Ekilgan kartoshka umumiy maydonining 22,3 % fermer xo‘jaliklariga, 74,4 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.Shuningdek, respublika bo‘yicha jami donli ekinlar ekilgan maydoni 1 546,3 ming gektarni tashkil etdi. Ekilgan don ekinlari umumiy maydonining 74,7 % fermer xo‘jaliklariga, 10,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 15,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga tegishli.Yanvar - iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilib, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,0 % ga ko‘p.Yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmining 61,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 36,8 % fermer xo‘jaliklariga va 1,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.2023 yilning birinchi 6 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi. U ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga o‘sish qayd etilgan.Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmining eng katta qismi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari (55,3 %), fermer xo‘jaliklari (40,8 %) va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (3,9 %) to‘g‘ri keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16072386_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_91ab6a981dcded997cf3549557e30874.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, kartoshka, qishloq xo‘jaligi, fermerlar
jamiyat, o‘zbekiston, meva-sabzavot, kartoshka, qishloq xo‘jaligi, fermerlar
O‘zbekiston yerlaridan kim qanday foydalanmoqda — tafsilotlar
Respublikaning 245,1 ming gektar maydoniga sabzavotlar, 1 546,3 ming gektariga esa donli ekinlar ekilgan.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p sabzavotlar dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda, deya xabar berdi
Statistika agentligi. Shu yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha sabzavotlar ekilgan maydon 245,1 ming gektarni tashkil etdi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ekilgan sabzavotlar umumiy maydonining 24,6 % fermer xo‘jaliklariga, 70,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 4,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.
Respublika bo‘yicha kartoshka ekilgan maydoni 114,4 ming gektarni tashkil etdi. Ekilgan kartoshka umumiy maydonining 22,3 % fermer xo‘jaliklariga, 74,4 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 3,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, respublika bo‘yicha jami donli ekinlar ekilgan maydoni 1 546,3 ming gektarni tashkil etdi. Ekilgan don ekinlari umumiy maydonining 74,7 % fermer xo‘jaliklariga, 10,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 15,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga tegishli.
Yanvar - iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 1 020,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilib, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,0 % ga ko‘p.
Yetishtirilgan meva va rezavorlar umumiy hajmining 61,9 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 36,8 % fermer xo‘jaliklariga va 1,3 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023 yilning birinchi 6 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 243,2 ming tonna poliz ekinlari yetishtirildi. U ushbu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,8 %ga o‘sish qayd etilgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha yetishtirilgan poliz ekinlari umumiy hajmining eng katta qismi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari (55,3 %), fermer xo‘jaliklari (40,8 %) va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (3,9 %) to‘g‘ri keladi.