Muhim muammolar birgalikda yechim va jamoaviy harakatni talab qiladi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Muhim muammolar birgalikda yechim va jamoaviy harakatni talab qiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilindi.
Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

“Biz Tashkilot zaxiralaridan imkon qadar samarali foydalanish hamda turkiy mamlakatlarning integratsiya borasidagi salohiyatini barcha sohalarda oshirish bo‘yicha izchil ish olib boramiz”, — deyilgan murojaatda.

Qayd etilishicha, bugungi anjuman Tashkilot kun tartibidagi o‘ta muhim voqealardan biridir. Chunki vakolatli idoralarning xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdidlarni bartaraf qilish va mamlakatlarni barqaror taraqqiy ettirish yo‘llarini izlash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlari alohida ahamiyat kasb etib bormoqda.
Bunday formatdagi uchrashuv xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish hamda bugungi notinch dunyodagi umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda javoblar ishlab chiqish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi.

“Ishonchim komilki, turkiy tilli mamlakatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari darajasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmi Turkiy davlatlar tashkiloti makonida xavfsizlik sohasidagi muloqotni mutlaqo yangi darajaga olib chiqadi”, — deya qayd etdi prezident.

Ta’kidlanishicha, ushbu yig‘ilish xalqaro miqyosda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunda jahon prognoz qilish qiyin bo‘lgan va hatto oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan fundamental o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.
“Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchaymoqda va yangi xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.Shu munosabat bilan sizlar rahbarlik qilayotgan tuzilma va idoralarga alohida mas’uliyat yuklatilmoqda”, — deyilgan murojaatda.
Murojaatda keltirilishicha, yig‘ilish kun tartibiga juda sermazmun, birgalikda qarorlar qabul qilish hamda o‘zaro hamjihatlikda faoliyat yuritishni talab etadigan muhim masalalar kiritilgan.
“Bugun sizlar terrorizm, ekstremizm va yoshlarning radikallashuvi, kiberjinoyatchilik, narkotik vositalarning tarqalishi, transchegaraviy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamdagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashasiz”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Yangiliklar lentasi
0