Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boshliq tayinlandi

© MChSMuxtar Muxitdinov
Muxtar Muxitdinov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari poytaxt FVBga boshliq bo‘ldi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Polkovnik Muxtor Muhitdinov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U may oyidan favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Muxtor Muhitdinov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2004-yilda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
Qayd etish joizki, Muhitdinov 2019-yil martidan 2020-yil dekabriga qadar Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u ilgari mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ham ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0