Isroildagi hujum vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilganlar halok bo‘lgan — elchixona

© AP Photo / Yousef MasoudOblomki zdaniy, postradavshix v rezultate raketnix udarov VS Izrailya po Gaze
Oblomki zdaniy, postradavshix v rezultate raketnix udarov VS Izrailya po Gaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
Hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib kelgan 5 nafar kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Isroildagi hujum vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilganlar halok bo‘lgan, lekin ular fuqarolik pasportiga ega emas. Bu haqda mamlakatning Isroildagi elchixonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Isroil-HAMAS qarama-qarshiligini yoritish jarayonida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar chop etilmoqda.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan terror hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib kelgan 5 nafar kishi halok bo‘lgan.

"Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fuqarolik pasportlariga ega emas", — deyiladi xabarda.

Xabarda OAVni kuzatib boruvchi fuqarolarda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ko‘lami va urush harakatlari haqida noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida ma’lumotlarni chop ettirishdan oldin ularni ishonchli manbalardan, shu jumladan, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi orqali qayta tekshirish so‘ralgan.
Murojaat uchun telefonlar: 03-672-2466, 03-672-2371,03-758-5075, 03-758-5076.
Yangiliklar lentasi
0