Yuk tashuvchi transport harakatiga mavsumiy cheklov o‘rnatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGruzovie mashini. Illyustrativnoe foto
Gruzovie mashini. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Avtomobil yo‘llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda saqlashdan iborat bo‘ladi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonda harorat yuqori bo‘lgan vaqtda yo‘llarda yuk tashuvchi transport harakatiga mavsumiy cheklov o‘rnatiladi. Bu 10-oktabr kuni qabul qilingan "Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
2024 yil 1-yanvardan yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi.
Avtomobil yo‘llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda saqlashdan iborat bo‘ladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;
Shuningdek, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi.
Remont dorogi. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi
Yangiliklar lentasi
0