UNWTO bosh kotibi Samarqandga keldi

© IA "Dunyo"BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandga keldi
BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandga keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Kecha, 15-oktabr kuni BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandga keldi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yuqori martabali mehmonni UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati Tashkiliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev kutib oldi.
Ma’lumot uchun, Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan. Jumladan, o‘tgan yilning 4–7 noyabr kunlari Samarqandda “II O‘zbekiston iqtisodiy forumi”da ishtirok etib, “Boqiy shahar”, “Konigil” turizm qishlog‘i, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi va Ulug‘bek madrasalarini sayohat qilgan.
Shuningdek, Toshkentdagi tashrifi chog‘ida taniqli gruzin ijodkori Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘yib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining turizm salohiyati bilan yaqindan tanishgan hamda “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar” mavzusida muhokama yig‘ilishida qatnashgan.
16–20 oktabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0