Harorat pastlaydi — O‘zbekistonda 13-oktabr uchun ob-havo

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ayrim joylarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Ertaga, 13-oktabr kuni respublikaning qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ayrim joylarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Toshkentda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10-12 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda +1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8-13, kunduzi +14-19 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +10-15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tog‘larda ba’zi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi +2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0