https://oz.sputniknews.uz/20231011/botanika-bogining-kelajagi-haqida-yangi-tafsilotlar-malum-qilindi-39834277.html
Botanika bog‘ining kelajagi haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi
Botanika bog‘ining kelajagi haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Botanika bog‘iga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan.
2023-10-11T11:28+0500
2023-10-11T11:28+0500
2023-10-11T13:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39841469_0:423:2730:1959_1920x0_80_0_0_2d93306bc47acf3ac91b94d9668d47d2.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Ekologiya vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Botanika bog‘ining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga doir loyiha kiritilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, loyihada Botanika bog‘ining mavjud o‘simlik turlari tarkibini boyitish, sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi hamda chet el floralariga mansub introdutsent o‘simliklar turlarini ko‘paytirish nazarda tutilgan.Ma’lumot uchun, Toshkent Botanika bog‘iga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan. Umumiy maydoni 66 gektardan iborat bo‘lgan bog‘da turli mintaqalardan jamlangan 2400 dan ortiq o‘simlik turlari va navlari o‘stirilmoqda. U mavjud ilmiy kolleksiyalarning salmog‘iga ko‘ra Markaziy Osiyoda yetakchilik qiladi.Botanika bog‘ida O‘zbekiston tabiiy florasiga mansub o‘simliklar genofondi saqlanmoqda. Ushbu genofond orqali mamlakat bo‘ylab O‘zbekiston florasida hozirgi kunda mavjud bo‘lmagan o‘simlik turlarini yetishtirish va o‘stirish imkoniyati mavjud.Ommaviy axborot vositalarida Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ining Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazish borasida bir nechta boshqarmalar, jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgani haqida xabarlar tarqaldi.Keyinchalik Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmasligi ma’lum qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39841469_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_331043447bf3ae7ee2285ed15e490573.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
botanika bog‘i
Botanika bog‘ining kelajagi haqida yangi tafsilotlar ma’lum qilindi
11:28 11.10.2023 (yangilandi: 13:21 11.10.2023) Toshkent Botanika bog‘iga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Ekologiya vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Botanika bog‘ining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga doir loyiha kiritilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, loyihada Botanika bog‘ining mavjud o‘simlik turlari tarkibini boyitish, sun’iy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda o‘suvchi hamda chet el floralariga mansub introdutsent o‘simliklar turlarini ko‘paytirish nazarda tutilgan.
“Mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda foydalanish uchun tajriba hamda realizatsiya qilish ko‘chatxonalarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, noyob va yo‘qolib borayotgan O‘zbekiston florasi turlarini saqlash va tabiiy sharoitga reintroduksiya qilish, mahalliy va iqlimlashtirilgan dorivor o‘simliklar genofondini saqlash va boyitib borish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkent Botanika bog‘iga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan. Umumiy maydoni 66 gektardan iborat bo‘lgan bog‘da turli mintaqalardan jamlangan 2400 dan ortiq o‘simlik turlari va navlari o‘stirilmoqda. U mavjud ilmiy kolleksiyalarning salmog‘iga ko‘ra Markaziy Osiyoda yetakchilik qiladi.
Botanika bog‘ida O‘zbekiston tabiiy florasiga mansub o‘simliklar genofondi saqlanmoqda. Ushbu genofond orqali mamlakat bo‘ylab O‘zbekiston florasida hozirgi kunda mavjud bo‘lmagan o‘simlik turlarini yetishtirish va o‘stirish imkoniyati mavjud.
“Ushbu noyob ilmiy maskanning tasarrufdan chiqarib, boshqa vazirlik yoki idoraga berilishi mamlakatimizda botanika sohasidagi fundamental tadqiqotlarning jiddiy susayishiga hamda mintaqadagi ilmiy pozitsiyaning kuchsizlantirilishiga olib keladi”, - deyiladi xabarda.
Ommaviy axborot vositalarida Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ining Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazish borasida bir nechta boshqarmalar, jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Keyinchalik Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmasligi
ma’lum qilindi.