https://oz.sputniknews.uz/20231010/zokirjon-furqat-biografiya-39811605.html
Furqat — biografiya
Furqat — biografiya
Sputnik O‘zbekiston
Zokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat 1858-yilda Qo‘qon shahrida mayda savdogar-hunarmand oilasida dunyoga keldi. Furqatning "Hammomi xayol" risolasi, "Nuh manzar" nomli she’riy kitobi, "Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida" "Sayohatnoma" "Masarratnoma", "Qasida", "Ho‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni" nomli kattagina nasriy asarlari ma’lum.
2023-10-10T15:51+0500
2023-10-10T15:51+0500
2023-10-10T15:51+0500
biografiya
zokirjon furqat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0a/39811921_19:33:200:135_1920x0_80_0_0_efabe29a672b6a37134d4ef2e7c649c0.jpg
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy siyosiy voqealar adabiyot olamida ham aks etdi. Muqimiy, Furqat kabi progressiv shoirlarning asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, do‘stlik va sadoqat hislari kuylandi, hayot lavhalari realistik tasvirlarda mujassamlandi, chuqur umumlashlar berishga intilindi.Tarjimai holiZokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat 1858-yilda Qo‘qon shahrida mayda savdogar-hunarmand oilasida dunyoga keldi. Oilaning moddiy ahvoli 17 yoshli Zokirjonni madrasadagi o‘qishni to‘xtatib ishlashga majbur etdi. U ishlab o‘z bilimini oshirishi bilan birga, o‘zi ham dars beradi va ijodi bilan shug‘ullanadi.Furqat 1889-yilning may oyida Toshkentga kelib, Ko‘kaldosh madrasasidagi bir hujrada 1891-yilning may oyigacha yashaydi. Toshkentda Furqatning ijodiy faoliyatidagi eng yorqin, eng mahsuldor davr boshlanadi. Furqat rus madaniyati bilan yaqindan tanishib hayotni jamiyatdagi hodisalarni chuqurroq tushuna bordi. Uning ijodida g‘oyaviy badiiy jihatdan yuksalish paydo bo‘ladi. Shoirning 1889-1891 yillarda Toshkentda yashab ijtimoiy hayotga berayotgan yangiliklarni kuzatib borishi uning g‘oyaviy-ijodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.Furqat 1891-yilning 14-mayida Toshkentdan Samarqandga bordi. Sayohat qilish va ko‘p mamlakatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida chet ellarga jo‘nadi.Furqat 1892-yilning bahorida Arabistonga o‘tib, Makka, Jidda shaharlarida turdi.Shoir 1892-yilning kuzida Bombay shahriga bordi. U Bombaydan Hindistonning boshqa shaxar qishloqlariga sayohat qildi yana Bombayga qaytib undan 1983-yilning mart oyida Kashmirga, so‘ngra Qashqarga o‘tib avval Xo‘tan shahrida yashadi, keyin Yorkent shahriga kelib turg‘un bo‘lib qoldi. Xalqparvar shoir Furqat 1909-yilda Yorkentda vafot etdi.IjodiFurqat Vatan muhabbatini va xalq qudratini madh etuvchi she’rlar yozdi. U chet ellarda kezsa ham xalqni, Vatanni unutmadi, o‘z ijodi bilan xalqqa xizmat qilishni davom ettirdi. O‘z Vatanini ehtiros bilan sevgan buyuk shoir o‘zining tug‘ilib o‘sgan yerini sog‘inadi, ichki kechinmalar, g‘am-iztiroblar ichida yashaydi.Vatanning ishtiyoqin tortaram g‘urbat g‘ami birla,Turubdurman qutulmay g‘ussai ranju inolardan...kabi parchalarda chet ellarda g‘arib bo‘lib yurgan shoirning vatanga bo‘lgan so‘nmas, yorqin muhabbati ifodalanadi.Furqatning lirik she’rlarida o‘z zamonidan qoniqmaslik mehnatkash xalqni erkin, yorug‘ hayotga chorlash baralla yangraydi. Yorga bo‘lgan muxabbat lirikasi esa hayotbaxsh optimistik tarona bo‘lib, real hayotning hayajonli, go‘zal in’ikosidir:Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda,Ko‘zlari mashuru yuz jodu erur tashirda.Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,Subh kelgach, kecha yotib chashmai iksirda.Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut ikov,Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.Shoir "Ilm xosiyati" g‘azalida fan, texnika, ziyoli insonning aql-idrokini ulug‘laydi va ilmli insonlarning ijobiy obrazlarini yoritib beradi. Uning "Akt majlisi xususida", "Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida", "Gimnaziya", shuningdek, uch qismdan iborat "Vistavka xususida" kabi asarlari davr adabiyotidagi ma’rifatparvarlik yo‘nalishining yetuk namunalari hisoblanadi. Shuningdek, Furqatning "Hammomi xayol" risolasi, "Nuh manzar" nomli she’riy kitobi, "Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida" "Sayohatnoma" "Masarratnoma", "Qasida", "Ho‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni" nomli kattagina nasriy asarlari ma’lum.Furqat she’rlaridagi fikrlar reaksion feodal klerikal adabiyotga, diniy, afsonaviy uydirmalarga qarama-qarshi turadi. Tabiat manzarasini muhabbat, hayotiylik bilan bog‘langan holda tasvirlash Furqat lirikasining eng yaxshi xususiyatlaridan biridir. U mehnatkash xalqning fikr hislarini, orzularini, intilishlarini aks ettirgan demokrat shoirdir.XIX oxirlarida o‘zbek adabiyotida tamoman yangi fikr g‘oyalarni targ‘ib etgan Zokirjon Furqat asarlari o‘zining g‘oyaviy, badiiy yuksakligi, musiqiyligi bilan o‘quvchilarni mamnun etib keladi.O‘zbekistondagi bir qator tuman, maktab, ko‘cha va xiyobonlar uning nomi bilan ataladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0a/39811921_33:8:200:134_1920x0_80_0_0_337dc5cec0a7711af496776e8303794a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zokirjon furqat furkat xayoti va ijodi furqat she’rlari g‘azallari asarlari referat insho g‘azallari zokirjon furqat furqat she’rlari
zokirjon furqat furkat xayoti va ijodi furqat she’rlari g‘azallari asarlari referat insho g‘azallari zokirjon furqat furqat she’rlari
Furqat — biografiya
O‘zbek adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan, demokratik adabiyotning yirik siymosi Zokirjon Furqat XIX asr oxiri va XX asr boshidagi madaniyat va adabiyotimiz rivojini yuksak bosqichga ko‘tardi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy siyosiy voqealar adabiyot olamida ham aks etdi. Muqimiy, Furqat kabi progressiv shoirlarning asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, do‘stlik va sadoqat hislari kuylandi, hayot lavhalari realistik tasvirlarda mujassamlandi, chuqur umumlashlar berishga intilindi.
Zokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat 1858-yilda Qo‘qon shahrida mayda savdogar-hunarmand oilasida dunyoga keldi. Oilaning moddiy ahvoli 17 yoshli Zokirjonni madrasadagi o‘qishni to‘xtatib ishlashga majbur etdi. U ishlab o‘z bilimini oshirishi bilan birga, o‘zi ham dars beradi va ijodi bilan shug‘ullanadi.
Furqat 1889-yilning may oyida Toshkentga kelib, Ko‘kaldosh madrasasidagi bir hujrada 1891-yilning may oyigacha yashaydi. Toshkentda Furqatning ijodiy faoliyatidagi eng yorqin, eng mahsuldor davr boshlanadi. Furqat rus madaniyati bilan yaqindan tanishib hayotni jamiyatdagi hodisalarni chuqurroq tushuna bordi. Uning ijodida g‘oyaviy badiiy jihatdan yuksalish paydo bo‘ladi. Shoirning 1889-1891 yillarda Toshkentda yashab ijtimoiy hayotga berayotgan yangiliklarni kuzatib borishi uning g‘oyaviy-ijodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.
Furqat 1891-yilning 14-mayida Toshkentdan Samarqandga bordi. Sayohat qilish va ko‘p mamlakatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida chet ellarga jo‘nadi.
Furqat 1892-yilning bahorida Arabistonga o‘tib, Makka, Jidda shaharlarida turdi.
Shoir 1892-yilning kuzida Bombay shahriga bordi. U Bombaydan Hindistonning boshqa shaxar qishloqlariga sayohat qildi yana Bombayga qaytib undan 1983-yilning mart oyida Kashmirga, so‘ngra Qashqarga o‘tib avval Xo‘tan shahrida yashadi, keyin Yorkent shahriga kelib turg‘un bo‘lib qoldi. Xalqparvar shoir Furqat 1909-yilda Yorkentda vafot etdi.
Furqat Vatan muhabbatini va xalq qudratini madh etuvchi she’rlar yozdi. U chet ellarda kezsa ham xalqni, Vatanni unutmadi, o‘z ijodi bilan xalqqa xizmat qilishni davom ettirdi. O‘z Vatanini ehtiros bilan sevgan buyuk shoir o‘zining tug‘ilib o‘sgan yerini sog‘inadi, ichki kechinmalar, g‘am-iztiroblar ichida yashaydi.
Vatanning ishtiyoqin tortaram g‘urbat g‘ami birla,
Turubdurman qutulmay g‘ussai ranju inolardan...
kabi parchalarda chet ellarda g‘arib bo‘lib yurgan shoirning vatanga bo‘lgan so‘nmas, yorqin muhabbati ifodalanadi.
Furqatning lirik she’rlarida o‘z zamonidan qoniqmaslik mehnatkash xalqni erkin, yorug‘ hayotga chorlash baralla yangraydi. Yorga bo‘lgan muxabbat lirikasi esa hayotbaxsh optimistik tarona bo‘lib, real hayotning hayajonli, go‘zal in’ikosidir:
Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda,
Ko‘zlari mashuru yuz jodu erur tashirda.
Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob,
Subh kelgach, kecha yotib chashmai iksirda.
Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut ikov,
Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda.
Shoir "Ilm xosiyati" g‘azalida fan, texnika, ziyoli insonning aql-idrokini ulug‘laydi va ilmli insonlarning ijobiy obrazlarini yoritib beradi. Uning "Akt majlisi xususida", "Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida", "Gimnaziya", shuningdek, uch qismdan iborat "Vistavka xususida" kabi asarlari davr adabiyotidagi ma’rifatparvarlik yo‘nalishining yetuk namunalari hisoblanadi. Shuningdek, Furqatning "Hammomi xayol" risolasi, "Nuh manzar" nomli she’riy kitobi, "Shoir ahvoli va she’r mubolag‘asi xususida" "Sayohatnoma" "Masarratnoma", "Qasida", "Ho‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni" nomli kattagina nasriy asarlari ma’lum.
Furqat she’rlaridagi fikrlar reaksion feodal klerikal adabiyotga, diniy, afsonaviy uydirmalarga qarama-qarshi turadi. Tabiat manzarasini muhabbat, hayotiylik bilan bog‘langan holda tasvirlash Furqat lirikasining eng yaxshi xususiyatlaridan biridir. U mehnatkash xalqning fikr hislarini, orzularini, intilishlarini aks ettirgan demokrat shoirdir.
XIX oxirlarida o‘zbek adabiyotida tamoman yangi fikr g‘oyalarni targ‘ib etgan Zokirjon Furqat asarlari o‘zining g‘oyaviy, badiiy yuksakligi, musiqiyligi bilan o‘quvchilarni mamnun etib keladi.
O‘zbekistondagi bir qator tuman, maktab, ko‘cha va xiyobonlar uning nomi bilan ataladi.