“Zarafshon” milliy bog‘ida 11 ta noqonuniy bino buzib tashlandi – foto

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata“Zarafshon” milliy bog‘ida 11 ta noqonuniy bino buzib tashlandi
“Zarafshon” milliy bog‘ida 11 ta noqonuniy bino buzib tashlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Milliy bog‘ hududida buzilgan binolar o‘rniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bog‘lar barpo etilmoqda.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududidagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, 2021-2022 yillarda bog‘ hududidagi 39,8 gektar yer maydoni 57 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ijara bitimi hamda shartnomaga asosan dam olish maskani qurish uchun ajratib berilgani aniqlangan.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata“Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi
V Zarafshanskom natsionalnom prirodnom parke likvidirovano 11 nezakonnix postroyek. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘idagi 11 ta noqonuniy qurilma buzdirildi
Fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs o‘zboshimchalik bilan qurgan qurilmalarni buzish boshlangan.
Ta’kidlanishicha, milliy bog‘ hududidagi og‘ir rekonstruksiyali binolar, devor va to‘siqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda.

"Milliy bog‘ hududida buzilgan binolar o‘rni tezda tozalanib, qurilish chiqindilari olib chiqib ketilmoqda. O‘rniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bog‘lar barpo etilmoqda", — deyiladi xabarda.

Qolgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atib, qo‘shimcha tarzda o‘rganish ishlari olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0