https://oz.sputniknews.uz/20231010/putin-yaqin-sharqdagi-vaziyatning-keskinlashuvi--aqsh-siyosati-muvaffaqiyatsizligi-misoli-39818858.html
Putin: Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi — AQSh siyosati muvaffaqiyatsizligi misoli
Putin: Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi — AQSh siyosati muvaffaqiyatsizligi misoli
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashining mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish zarurligini nazarda tutapman, dedi Rossiya prezidenti.
2023-10-10T19:22+0500
2023-10-10T19:22+0500
2023-10-10T19:22+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
vladimir putin
rossiya
isroil
bmt
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37103151_0:197:3078:1928_1920x0_80_0_0_562d62da2491158535c0da27b49892d9.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroildagi vaziyat keskinlashganidan afsus bildirib, buni AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganining yaqqol misoli deb atadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.U Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy bilan uchrashdi va ushbu uchrashuv global inqirozlar fonida o‘tayotganini ta’kidladi.“Aynan ikkalasida (tomonda), bir unisida, bir boshqasida, lekin har safar Falastin xalqining asosiy manfaatlarini hisobga olmasdan. Birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashining mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish zarurligini nazarda tutapman”, - dedi Rossiya prezidenti.7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda qurbonlar soni 900 nafarga yetgan.HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi.Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 687 nafarga yetdi.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/18/37103151_237:182:2563:1927_1920x0_80_0_0_44cbc28303ce1ebe517a240fd2c484c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin yaqin sharq aqsh siyosati
putin yaqin sharq aqsh siyosati
Putin: Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi — AQSh siyosati muvaffaqiyatsizligi misoli
Birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashining mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish zarurligini nazarda tutapman, dedi Rossiya prezidenti.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroildagi vaziyat keskinlashganidan afsus bildirib, buni AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganining yaqqol misoli
deb atadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
U Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy bilan uchrashdi va ushbu uchrashuv global inqirozlar fonida o‘tayotganini ta’kidladi.
“Ukraina inqirozi ham davom etmoqda va, afsuski, biz Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashganini ko‘rmoqdamiz. O‘ylaymanki, ko‘pchilik bu AQShning Yaqin Sharqdagi kelishuvni monopoliyaga olishga urinilgan, biroq, afsuski, har ikki tomon uchun ham maqbul bo‘lgan murosalarni topish bilan shug‘ullanilmagan, aksincha, buni qanday qilish kerakligi haqidagi o‘z g‘oyalarini ilgari surgan va har ikki tomonga bosim o‘tkazgan siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganining yaqqol misoli degan fikrga qo‘shiladi”, — dedi Putin.
“Aynan ikkalasida (tomonda), bir unisida, bir boshqasida, lekin har safar Falastin xalqining asosiy manfaatlarini hisobga olmasdan. Birinchi navbatda, BMT Xavfsizlik Kengashining mustaqil suveren Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi qarorlarini amalga oshirish zarurligini nazarda tutapman”, - dedi Rossiya prezidenti.
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda qurbonlar soni 900 nafarga yetgan.
HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.
Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 687 nafarga yetdi.