https://oz.sputniknews.uz/20231009/ozbekiston-aralash-saylov-tizimi-39788206.html
O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilish boshlandi
O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.Aralash saylov tizimi deputatlik mandatlarining bir qismi hukumatning barqaror shakllanishiga hissa qo‘shadigan majoritar tizim tamoyillari bo‘yicha, ikkinchi qismi esa proporsional tizim tamoyillariga muvofiq taqsimlanadi.
2023-10-09T19:11+0500
2023-10-09T19:11+0500
2023-10-09T19:16+0500
siyosat
o‘zbekiston
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39788032_0:36:1280:756_1920x0_80_0_0_ab14b4e3319ce9c9bc632e3d29ea864e.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi. Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 9-oktabr kuni Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda saylov va referendum o‘tkazish tartibiga oid yettita qonunni muhokama qildi.Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini kiritish taklif etilmoqda. Shunda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Shuningdek, saylov komissiyalari tizimi takomillashtirilib, Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari saylov komissiyalari tizimini tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari sonini kamida o‘n besh nafardan to‘qqiz nafarga tushirish, uning kamida bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi belgilanmoqda.Shu bilan birga, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlarini belgilovchi yangi normalar kiritilmoqda.Avvalroq O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tishi xabar qilingan edi.Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan."Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning majoritar saylov tizimidan aralash saylov tizimiga o‘tishi mamlakatda siyosiy partiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39788032_169:12:1116:723_1920x0_80_0_0_8c550ab3149f5989247aea8b2d30d4ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston aralash saylov tizimi ma’lumot majoritar, proporsional va aralash
o‘zbekiston aralash saylov tizimi ma’lumot majoritar, proporsional va aralash
O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilish boshlandi
19:11 09.10.2023 (yangilandi: 19:16 09.10.2023) Saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Partiyalar O‘zbekistonda aralash saylov tizimiga o‘tish masalasini muhokama qilishni boshladi.
Xususan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 9-oktabr kuni Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda saylov va referendum o‘tkazish tartibiga oid yettita qonunni
muhokama qildi.Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida o‘tkazish tartibini kiritish taklif etilmoqda. Shunda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda.
"Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, saylov komissiyalari tizimi takomillashtirilib, Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari saylov komissiyalari tizimini tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari sonini kamida o‘n besh nafardan to‘qqiz nafarga tushirish, uning kamida bir nafar a’zosi Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlarini belgilovchi yangi normalar kiritilmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tishi
xabar qilingan edi.Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.
"Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashevning
so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning majoritar saylov tizimidan aralash saylov tizimiga o‘tishi mamlakatda siyosiy partiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.