https://oz.sputniknews.uz/20231009/isroil-ozbekiston-39770121.html
Elchixona: Isroildan O‘zbekistonga parvozlar bekor qilingani yo‘q
Elchixona: Isroildan O‘zbekistonga parvozlar bekor qilingani yo‘q
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘ralgan. 09.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-09T12:06+0500
2023-10-09T12:06+0500
2023-10-09T12:27+0500
jamiyat
isroil
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39771925_0:69:3072:1797_1920x0_80_0_0_5e49d6c902c189a526ba345503d6ecc7.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi ma’lum qildi.Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yaqinlari, do‘stlari yoki tanishlari yo‘qolgan, yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilish so‘ralmoqda.Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun telefon raqam: +972 54 485 1397.Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 600 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi yaralangan.HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Ular 35 nafar harbiy xizmatchi va ko‘chmanchilarni asirga olgani aytiladi.Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 436 nafarga yetdi. 2,3 ming kishi jarohatlandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/09/39771925_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_209cb651fcea2b8d6da08927d24a774a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
falastin isroil mojarosi xamas hujum 2023 elchixona reys
falastin isroil mojarosi xamas hujum 2023 elchixona reys
Elchixona: Isroildan O‘zbekistonga parvozlar bekor qilingani yo‘q
12:06 09.10.2023 (yangilandi: 12:27 09.10.2023) Fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘ralgan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi ma’lum qildi.
"Hozirgi kunga qadar Isroildan O‘zbekistonga uchadigan aviareyslar bekor qilingani yo‘q. Ketish istagidagilar bemalol aviachipta olib, uchishlari mumkin. O‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beriladi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yaqinlari, do‘stlari yoki tanishlari yo‘qolgan, yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini o‘z vaqtida xabardor qilish so‘ralmoqda.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun telefon raqam: +972 54 485 1397.
7 oktabr kuni ertalab Isroil G‘azo sektoridan raketa hujumiga uchradi. Armiya matbuot xizmati respublika bo‘ylab uch mingdan ortiq raketa uchirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, HAMAS jangarilari raketa hujumlaridan so‘ng Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib bordi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning 600 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi yaralangan.
HAMASning harbiy qanoti “Al-Aqsa to‘foni” deb nomlangan operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Ular 35 nafar harbiy xizmatchi va ko‘chmanchilarni asirga olgani aytiladi.
Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu xalqqa qilgan murojaatida respublika urush holatida ekanini aytib, zaxiralarni keng miqyosda safarbar qilishga buyruq berganini aytdi.
Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga zarba bera boshladi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 436 nafarga yetdi. 2,3 ming kishi jarohatlandi.