Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni qanday o‘tdi — video

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPeregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana G. Mirziyeyeva.
Peregovori prezidenta RF V. Putina i prezidenta Uzbekistana G. Mirziyeyeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining safarining qizg‘in dasturi qator tadbirlardan iborat bo‘lib, ularning asosiylari Mixail Mishustin bilan uchrashuv va Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘ldi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozonga tashrifidan so‘ng Moskvaga yetib keldi. Rossiya poytaxtiga yetib kelgan prezident Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.
Shundan so‘ng Mirziyoyev Rossiya hukumati huzuridagi Muvofiqlashtirish markazida Mixail Mishustin bilan uchrashib, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalarini raqamlashtirish va elektron tijoratni joriy etish sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Navbatda Mirziyoyev va Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashga kelishib oldilar, Rossiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.
Keyin prezidentlar kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettirdilar, uning natijasida 20 dan ortiq hujjat imzolandi. Bitimlar “Agroekspress” loyihasi, transport, fan, ta’lim va madaniyat sohalari, shuningdek, idoralararo hamkorlikka tegishli.
Yangiliklar lentasi
0